Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Ta’limni isloh etmasdan turib, heç bir sohada natijaga erişib bölmaydi

12.09.2025
811

Davlatimiz rahbari sohadagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişida mazkur yönalişda qölga kiritilgan yutuqlar bilan birga, muammolarni ham sanab ötdi. Bu borada aniq taklif va tavsiyalari bilan sohani rivojlantirişga qaratilgan “yöl xaritasi”ni ham çizib berdi
Ta’kidlanganidek, mamlakat ravnaqi, iqtisodiyot rivoji, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim hamda muallimlarga boğliq. Şu bois öqituvçiga munosib şaroit yaratiş, boğça, maktab quriş, jihozlaş, çetdan mutaxassis olib keliş, zamonaviy dars lik va öquv dasturlarini joriy qiliş böyiça juda köp qulayliklar yaratildi hamda bu jarayon töxtab qolgani yöq. E’tibor bering, islohotlar tufayli şu yil boşidan xalqaro fan olimpiadalarida öquvçilarimiz 195 ta medalni qölga kiritdi. Bu degani, endilikda ularga oşirilgan stavkada jami 10 milliard söm, murabbiy öqituvçilariga esa 3,5 milliard söm pul mukofoti beriladi. Qolaversa, xorijiy til egalari jalb qilingan mingdan ziyod umumta’lim maktablarida til böyiça sertifikat olgan öquvçilar soni bir yilda 2,5 barobar köpaydi.
Prezidentimiz maktabgaça va maktab ta’limida özgarişlar bölayotgani, biroq kasb-hunar hamda oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligaça ta’limdagi islohotlar mazmunini töliq tuşunib yetmayotganini aytib ötdi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 598 ta texnikum bölib, ular 450 ming öquvçini qabul qiliş imkoniyatiga ega. Bu yoşlar uçun juda katta resurs, şaroit hamda imkoniyatdir. Ammo tahlillarga köra, joriy yil 9-sinfni 608 ming öquvçi bitirgan bölsa, ularning bor-yöği 182 ming nafari texnikumlarga bormoqda. Davlatimiz rahbari bu boradagi muammolarni hal qiliş maqsadida bir yil yoşlarni kasb-hunarga örgatiş yili bölişini aytib ötdi.
Xöş, bu qanday amalga oşiriladi? Öquvçilar kasb-hunarga qay tartibda örgatiladi? Yurtboşimiz tavsiyasi asosida, avvalo, mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslaşgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart böyiça zamonaviy kasbga öqitiş muhiti olib kiriladi. Viloyat hamda tuman hokimlariga kelgusi öquv yilida 9-sinf bitiruvçilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qöşimça yana 200 ming öquvçini texnikumga qamrab oliş vazifasi topşirildi. Bu işlarni yagona siyosat asosida olib boriş uçun Kasbiy ta’lim agentligi taşkil qilinadi. Bularning barçasi yoşlarni kasbga örgatişga doir mavjud muammolarning yeçimiga xizmat qilsa, ikkinçi tomondan, yoş avlod vakillarini foydali mehnatga jalb qiliş, vaqtini mazmunli ötkazişga katta turtki berişi şubhasiz.
Xabaringiz bor, joriy yildan boşlab oliy öquv yurtlarida qabul kvotalarini investitsiya loyihalarida kadrlarga bölgan talabdan kelib çiqib şakllantiriş tizimi yölga qöyilgan edi. Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlarni maqsadli tayyorlaşga alohida e’tibor qaratiladi. Ya’ni investor söroviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgaça özgartirişga ruxsat berildiki, bu ham kelgusida bandlikni oşirişga katta hissa qöşadi. Qolaversa, texnikumlar bilan dual ta’limni yölga qöygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi. Kasbiy ta’lim agentligi bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uçun kerakli kasblar kesimida standart va talablar işlab çiqiladi. Bu esa sohada ösişni ta’minlaş bilan birga, yoşlarni kasb-hunarga örgatişning mutlaqo yangi bosqiçiga yöl oçadi.
Qisqaça aytganda, ta’lim va uning taraqqiyoti uçun aslo tösiq yöq. Aksinça, keng imkoniyat, imtiyoz va qulay şart-şaroitlar bor. Faqat ulardan unumli foydalanib, jamiyat ravnaqi, yoşlar kelajagi hamda ta’lim rivoji yölida sidqidildan mehnat qilinsa kifoya. Biz, xalq vakillari – deputatlar va partiya faollari ham uşbu yönalişlardagi faoliyatimizni yanada jadallaştirgan holda ta’lim tizimini, uning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş, yoşlar bandligini ta’minlaş bilan boğliq işlarimizni yangiça yondaşuvlar asosida taşkil qilişga e’tibor qaratamiz. Maqsadimiz şu yurt ravnaqi va yoşlarimizning yorqin kelajagiga hissa qöşiş.


Muqaddasxon AHMEDOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ÖzLIDeP fraksiyasi a’zosi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?