Tarmoq va sohalarni boşqarişda tejamkorlik va innovatsiyaga asoslangan yangiça boşqaruv joriy etiladi
Prezidentimiz raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş sur’atlarini ta’minlaş böyiça asosiy vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Mazkur yiğilişda men ham iştirok etdim.
Davlatimiz rahbari sohadagi işlarni tahlil qilar ekan, har bir vazir, hokim va tarmoq rahbari öz tizimiga yangiça boşqaruvni joriy etişi, mavjud resurslardan samarali foydalanişi, an’anaviy eksport bozorlari bilan çeklanib qolmasdan yangi yönalişlarni izlab topişi zarurligini ta’kidladi. Şuningdek, tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratiş, sun’iy intellekt va raqamlaştirişni jadal joriy etiş, innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş, salohiyatli yoşlarni jalb etgan holda “startap klub”lar taşkil qiliş va ularning işlanmalarini amaliyotga tatbiq etiş orqali yuqori iqtisodiy ösişga erişiş mumkinligi qayd etildi.
Endilikda investitsiya loyihalari bilan işlaşda yangi tizim joriy etilişiga alohida e’tibor qaratildi. Har bir loyiha faqat işga tuşirilişi bilan kifoyalanmay, yuqori qöşilgan qiymat yaratişi, taşqi bozorga çiqişi va iş örinlarini saqlab qolişiga e’tibor qaratiladi. Buning uçun “Yagona milliy loyiha boşqaruvi” platformasi orqali loyihalar işga tuşgandan keyin uç yil davomida monitoring qilinadi.
Ta’kidlaganidek, içki bozordagi talabni özi bilan yuqori iqtisodiy ösişni ta’minlab bölmaydi. Şu bois, vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib borişdir. Ötgan yili eksport 22 foizga ösib, 24 milliard dollarga yetgan bölsa-da, eksportning 80 foizi faqat 6 ta davlat hisobiga töğri kelmoqda. Şu sababli tarmoq rahbarlariga işlab çiqarişni kamida 15 foizga oşiriş va Yevropa, AQŞ kabi qimmat bozorlarga kirib boriş vazifasi qöyildi.
Şu bilan birga, pilla yetiştirişni rivojlantiriş böyiça ham muhim çora-tadbirlar belgilandi. Ehtiyojmand oilalarga 4 million sömdan subsidiya ajratilib, uyda pilla yetiştiriş uçun xonani jihozlaş va uskuna xarajatlari uçun 20 million sömgaça foizsiz ssuda beriladi. Bundan taşqari, pilla hosili uçun qöşimça subsidiyalar va mavsumiy işçilar oyligining yarmi kompensatsiya qilinişi orqali fermerlar faoliyati yanada rağbatlantiriladi.
ÖzLiDeP Prezidentimizning tarmoq rahbarlari va hokimlardan eksportni faqat hajm böyiça emas, balki yangi mahsulot va yangi bozorlarga qarab rivojlantiriş böyiça taşabbuslarini mamlakatimiz eksport hajmini oşirişda muhim qadam deb hisoblaydi. Ayni şu talab tarmoq rahbarlari va hokimlarni mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elçilari bilan doimiy hamkorlik qilişga undaydi. Bu esa “Made in Uzbekistan” brendini yanada ommalaştirişga xizmat qiladi.
Aktam Xaitov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari