Taşabbuskor ayollar safi kengaymoqda
Sirdaryo viloyatida xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini yuksaltiriş, ularni qöllab-quvvatlaş va jamiyat hayotidagi faolligini oşirişga qaratilgan işlar izçil davom etmoqda. Xususan, ÖzLiDeP Sirdaryo viloyat hamda Sardoba tuman Kengaşlari taşabbusi bilan “Işbilarmon ayol–2026” körik-tanlovining mahalla bosqiçlari yuqori saviyada taşkil etildi.
Tanlov doirasida mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning iş tajribasi, taşabbuskorligi va jamiyatdagi iştiroki çuqur örganildi. Mahalla bosqiçlari yakunlariga köra, tumandagi 15 ta mahalladan jami 34 nafar tadbirkor ayol iştirok etdi. Saralaş natijalariga köra, ularning 15 nafari tanlovning keyingi — tuman bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Iştirokçilar faoliyatining qamrovi keng bölib, ular tikuvçilik, parrandaçilik, tomorqaçilik, qandolatçilik, tibbiyot, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalarida samarali mehnat qilayotganlari e’tiborga molik.
Ayniqsa, “Fayzliobod” mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat yuritayotgan tadbirkor — “Landşaft” yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yekti rahbari Mohigul Şodmonova tajribasi alohida e’tiborga sazovor. U sönggi ikki yil davomida 2 sotix issiqxonada gidroponika usulida qulupnay va turli kökatlar yetiştirişni yölga qöyib, barqaror daromad manbaini şakllantirdi. Şu bilan birga, köçatçilikni ham rivojlantirib, qöşimça daromad olişga erişmoqda.
Tadbirkor tomonidan issiqxona taşkil etiş uçun 100 million söm sarmoya kiritilgan bölib, bugungi kunda qulupnay yetiştirişdan olinayotgan yillik daromad 70 million sömni taşkil etmoqda. Mahsulotning tabiiyligi va vitaminlarga boyligi uning bozordagi talabini yanada oşirmoqda.
Ayni paytda Mohigul Şodmonova tomonidan 3 nafar doimiy va 10 nafar mavsumiy iş örinlari yaratilgan. Kelgusida issiqxona maydonini 12 sotixga yetkaziş orqali faoliyatni yanada kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
– Tadbirkorlikni boşlaş oson keçmadi. Ilk qadamlarimni kiçik hajmdan boşlab, tajriba orttirdim. Gidroponika usulini örganib, zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş orqali hosildorlikni oşirişga erişdim. Eng asosiy maqsadim — yangi iş örinlari yaratiş va aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlaş. Kelgusida yana köproq ayollarni tadbirkorlikka jalb qiliş niyatidaman, – deydi u.
Mazkur tanlov nafaqat eng faol va taşabbuskor ayollarni aniqlaş, balki ularning ilğor tajribasini ommalaştiriş, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş va iqtisodiy faolligini oşirişda muhim maydon bölib xizmat qilmoqda.