Asosiy kontentga o‘tish
Juma 19-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Taxiatoshda “Salomatlik sari” aksiyasi o‘tkazildi

19.06.2026
67

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Taxiatosh tumanida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan “Salomatlik sari” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida “Doslыq” va “Xalыqlar doslыg‘ы” mahallalarida yashovchi 153 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Malakali shifokorlar tomonidan mammografiya, rentgen va UZI tekshiruvlari o‘tkazilib, salomatlik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Ko‘riklar natijasida 27 nafar fuqaro stasionar davolanish uchun yo‘llanma oldi, 55 nafar ishtirokchiga ambulator davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga dori-darmon va tibbiy vositalar tarqatildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?