Teledebat siyosiy partiyalar dasturidagi öxşaşlik va farqli jihatlarni aniq körsatmoqda
Bu yilgi parlament saylovida siyosiy partiyalar örtasidagi ğoyaviy kuraşlar ança qizğin va jonli, jiddiy raqobat şaroitida ötmoqda. Har hafta jonli tarzda ötayotgan teledebatlar fikrimiz tasdiği böla oladi. Joriy yilning 18 oktyabrda bölib ötgan navbatdagi debat ham bahs-munozara va savol-javoblarga boy böldi.
ÖzLiDeP bunday debatlar köpproq ötkazilişi tarafdori. Zero, teledebatlar Yangi Özbekistonda şaffoflik va demokratiya tamoyillarining asosiy öringa çiqayotganidan dalolatdir. Şuningdek, uşbu partiyalararo teledebat Özbekistonning butun dunyoga oçiqligini yana bir bor namoyiş qilmoqda. Qolaversa, debat bir tomondan, har bir partiyaning jamiyatdagi örni va uning elektorati oldidagi mas’uliyatini, ikkinçi tomondan, ularning dasturlaridagi öxşaşlik va farqli jihatlarni aniq körsatmoqda.