Jizzax shahrining 10 ta mahallasi ishbilarmonlikda bellashdilar
Jizzax shahridagi mahallarda istiqomat qiluvchi ayollar uchun ishbilarmonlik, uddaburonlik, mehnatsevarlik - asli momomeros. So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan berilayotgan ulkan e’tibor sabab, Jizzaxda ham yakka tartibdagi, oilaviy va boshqa turdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni borgan sari oshib bormoqda.
“Ishbilarmon ayol – 2024” ko‘rik-tanlovining mahallalardagi saralash bosqichi ular uchun o‘zlarini namoyon qilishlari, o‘zaro tajriba almashishilari, deputatlar va hamkor tashkilot vakillari bilan yaqindan muloqot qilishlariga imkon yaratib bermoqda. Bugungi kunda Jizzaxda 32 ta mahalla mavjud. Ko‘rik-tanlovda qatanshish ishtiyoqidagi talabgorlar ko‘pligini hisobga olib, mahalla saralash bosqichlari hududlarga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda.
Shunday saralash bosqichlaridan biri, “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini guzarida tashkil qilinib, unda yon atrofdagi 10 ta mahalladagi ishbilarmon xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Hay’at a’zolarining e’tirofiga ko‘ra, Olmazor MFYdan kelgan “Xadija baraka mahsulotlari” oilaviy korxona rahbari Gulnora Ismatullayeva, Zilol mahallasidan Dilafruz Ikromova, Kimyogar MFYdan Dildora Emilova, "Qaliya" MFYdan Dilnoza O‘ktamova, "Zargarlik" MFYdan Mubashira Imomqulova, "Toshloq" MFYdan Xolida Murodova, "Yoshlik" MFYdan Gulmira Suyunova, “Turon” mahallasidan Maftuna Toshmatova, “Shodlik” MFYdan Xulkaroy Maxamadova, "Qassoblik" MFYdan Xabiba Usmonova, "Jizzaxlik" mahallasidan Sanobar Yusupovalar ko‘rik-tanlovning dastlabki saralash bosqichining g‘olibi deb topildilar hamda partiya Jizzax viloyat hududiy partiya tashkilotining Tashakkurnomlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Saida Umaraliyeva
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O‘zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti