Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi faoliyati sarhisob qilindi

18.06.2024
389

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya va deputatlik guruhining joriy yildagi faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ishtirok etdi. Partiya yetakchisi o‘z so‘zida deputatlarning faolligini oshirish, davlat va jamiyat ahamiyatidagi dasturlar ijrosiga yanada mas’uliyat bilan yondashish muhim vazifa ekanligini alohida qayd etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, olib borilayotgan jadal islohotlarning natijalari hamda ularning bosh maqsadi inson hayoti, huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, ehtiyoj va manfaatlariga qaratilganligi ta’kidlandi.

Muhokamalarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish to‘g‘risida fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Hisobot davrida xalq deputatlari Sirdaryo viloyat, tuman, shahar kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan 2023 yilda 524 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan. Shundan, 121 tasi viloyat deputatlari, 403 tasi tuman (shahar) Kengashidagi deputatlar tomonidan yuborilgan. 97 marotoba eshituvlar tashkil qilingan. Shundan 16 tasi viloyat deputatlik guruhida, 81 tasi tuman (shahar) deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari sessiyalari kun tartibiga 42 ta taklif kiritilib, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining 39 ta qarori qabul qilinishiga erishilgan. Muhim va dolzarb masalalar yuzasidan 176 ta jamoatchilik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.

Yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, partiya boshlang‘ich tashkilotlari, partiya deputatlari faoliyati tahlil qilinib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

Majlis nihoyasida O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi vazifalari bo‘yicha qaror qabul qilindi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?