Deputat ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati çeklangan şaxslarga saxovat körsatdi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Viktor Pak xayru saxovat, ehtiyojmandlarga yordam qölini çöziş işlarini bir qadar keng qamrov va jadallik bilan davom ettirmoqda.
Xalq vakili özi saylangan hudud – Piskent tumanida ötkazilgan bu galgi xayriya tadbiriga ehtiyojmand oilalar farzandlari hamda umumiy örta ta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarni ham taklif qildi.
Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi katta yiğinlar zalida töplangan kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalar hamda imkoniyati çeklangan şaxslar deputatga u bilan keçadigan dilkaş muloqotlarni intiqlik bilan kutişganini bildirişdi.
Tadbirda söz olgan deputat bugun yurtimizda onalik va bolalikning har tomonlama himoya qilinayotgani, keng kölamli demokratik özgarişlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali Özbekistonda yangi Uyğoniş davri, ya’ni uçinçi Renessans poydevorini yaratilayotgani, kambağallikni qisqartiriş va aholining ehtiyojmand qatlamini qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan oqilona siyosat xususida fikr yuritdi.
Joriy öquv yili yakunida Piskent tumanida faoliyat yurituvçi 41 ta umumta’lim maktablarini 1063 nafar öquvçi muvaffaqiyatli tamomlab, şundan 52 nafari oltin, 10 nafari kumuş medalga bitirayotgani bağoyat quvonçli hol ekanini e’tirof etdi.
Yurtimiz ertasi bölgan yetuk va barkamol avlodni yetiştirişda muhim örin tutgan pedagog va öqituvçilarga öz minnatdorçiligini izhor etdi.
Saxovat va bayram tadbirida Özbekiston Koreys madaniyat markazlari uyuşmasi koreys madaniyati va san’ati uyi xodimlari tomonidan taşkil etilgan konsert dasturi ham namoyiş etildi.
Konsert dasturida Ona Vatan, maktab, yoşlik, muhabbat va sadoqat, oila va oilaviy qadriyatlarni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar yangrab, dilrabo raqslar ijro etilgani yiğilganlarga kötarinki ruh bağişladi.
Tadbir sönggida olijanob xalq vakili ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarning 3 yoşdan 14 yoşgaça bölgan farzandlari, tumandagi umumta’lim maktablarini oltin va kumuş medalga muvaffaqiyatli bitirayotgan 62 nafar bitiruvçilarga özining bayram sovğalarini hadya etdi.
Tumanda istiqomat qiluvçi imkoniyati çeklangan şaxslarga nogironlik aravaçalari, qöltiqtayoqlar, xassalar, yuriş moslamalari, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar vakillariga esa oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ijtimoiy paketlarni katta xursandçilik bilan ulaşdi.
Zuxro Mirzohamdamova
O‘zLiDeP Toşkent viloyat Kengaşi bölim mudiri