Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 07-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tibbiyot transformatsiyasi: xususiy sektor va yangi tashabbuslar

06.06.2026
97

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda deputatlar, soha mutaxassislari, xususiy tibbiyot muassasalari rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tibbiyot sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2026 yil 5 maydagi xususiy tibbiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Farmonining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Hujjatga muvofiq, 2030 yilga qadar xususiy sektorning tibbiy xizmatlar bozoridagi ulushini 30 foizga yetkazish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish hamda hududlarda zamonaviy yuqori texnologik tibbiyot markazlarini tashkil etish vazifalari belgilangan.

Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun 200 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasi ajratilishi, chekka hududlarda yangi klinikalar tashkil etish uchun 10 million dollargacha moliyaviy ko‘mak berilishi aholiga tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Davra suhbatida O‘zLiDePning “Salomatlik sari” aksiyasi natijalari ham e’tirof etildi. Loyiha doirasida 20 mingdan ortiq fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, minglab insonlarga davolanish bo‘yicha yo‘llanma va tavsiyalar berilgan. Tadbir ishtirokchilari aholi uchun sifatli, zamonaviy va hamyonbop tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?