Yakshanba 15-Iyun 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Toshkentdagi Forum mintaqa va dunyo sarmoyadorlari uchun ishonchli, barqaror va foydali muloqot maydoniga aylanadi

11.06.2025
189

Bugun Xalqaro kongress markazida Prezidentimiz ishtirokida to‘rtinchi Toshkent xalqaro investisiya forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi qiyin sharoitda O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Yalpi ichki mahsulotimiz sakkiz yilda 2 barobar ko‘paydi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 200 milliard dollarga yetkazish ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilandi.

O‘tgan yili investisiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani – to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investisiya forumining ham amaliy natijasidir.

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi. Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi o‘rnimiz 28 pog‘onaga yaxshilandi. O‘tgan oyda nufuzli “S&P” agentligi O‘zbekistonning suveren reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirdi.

Mazkur nufuzli forumda davlatimiz rahbari o‘z nutqida ushbu amaliy islohotlarni e’tirof etar ekan, qator muhim hamkorlikdagi tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, “yashil” iqtisodiyot modeliga o‘tish, raqamli texnologiya va sun’iy intellekt iqtisodiyotning “drayveri”ga aylantirish, bugungi sharoitda moliyaviy tizim va texnologiyalar keskin o‘zgarayotgani, “To‘rtinchi sanoat inqilobi” “texnologik minerallar”ga talabni bir necha karra ko‘paytirish kabi tashabbuslar shular juslasidandir.

“Yangi O‘zbekiston – investisiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati” degan tamoyilni amaliy natijalarga aylantirish maqsadida barcha choralar ko‘rilayotgani, global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan ishonchli qoidalar bo‘lishi shart va zarurligi alohida ta’kidlandi.

Bu borada Jahon savdo tashkilotining alohida o‘rni bo‘lib, kelgusi yilda ushbu Tashkilotning a’zosiga aylanish bo‘yicha hamkorlarimiz bilan faol ish olib borilayotgani, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratib berishda barcha choralar ko‘rilayotgani e’tirof etildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda qo‘shnilarimiz bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va do‘stona siyosat natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi hamkorlik muhiti shakllangani ta’kidlandi.

Umuman olganda, ushbu forum mintaqa va dunyo sarmoyadorlari uchun ishonchli, barqaror va foydali makonga aylanishiga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?