Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ishchi guruhi Andijondagi yirik korxonalar faoliyatini o‘rgandi

26.03.2026
32

Andijon viloyatida O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan sanoat korxonalari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Andijon tumanidagi “Milana” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari va eksport faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxonada 250 nafardan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlangani uning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshirmoqda.

“Milana” korxonasida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, mahsulotlarning barchasi eksportga yo‘naltirilgani qayd etildi. Ishchi guruh va korxona rahbarlari o‘rtasida mahsulot sifatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng ishchi guruh “Bertus Group” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida penoplast sendvich panellari ishlab chiqarilib, dual ta’lim tizimi orqali yoshlarga amaliyot o‘tash va kasb o‘rganish imkoniyati yaratilgani alohida e’tiborga olindi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan qator muammolar va takliflar ham bildirildi. Xususan, lisenziya va sertifikatlash jarayonlarini soddalashtirish, eksportni yengillashtirish, dual ta’limni qo‘llab-quvvatlash hamda innovasion texnologiyalarni joriy etishdagi to‘siqlarni bartaraf etish masalalari ko‘tarildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?