Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlaşmasida 42 ta böş iş örni bor: deputatlar kadrlar yetişmovçiligidan taşvişda
Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengaşidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti Xorazm viloyat bölimining axboroti tinglandi.
Yiğilişda Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlaşmasida 42 nafar böş iş örinlari mavjudligi va uşbu holat aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir körsatayotgani qayd etib ötildi.
– Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlaşmasida 42 ta vakant iş örni bor, – deydi xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengaşi deputati Gulnora Matmuratova. – Soğliqni saqlaş boşqarmasi mas’ul xodimiga vakant lavozimlarga malakali mutaxassislarni jalb qiliş, tibbiyot xodimlari uçun munosib şaroit yaratiş hamda kadrlar bilan ta’minlaş tizimini takomillaştiriş böyiça öz taklif-tavsiyalarimizni berdik.
Boşqarma mas’ul xodimi muammoni bartaraf etiş maqsadida hozirda bir qator çoralar körilayotganligini ta’kidladi. Jumladan, oliy va örta tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvçilarini işga jalb etiş maqsadida ularning uy-joy şaroitlarini yaxşilaş masalasida takliflar tayyorlanayoganini ma’lum qildi.