Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 13-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tuproqqal’ada shaxmat musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

13.10.2026
41

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 23 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasida O‘zLiDeP kubogi sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus esa partiya a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Jumladan, Tuproqqal’a tumanidagi 73 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti va ularning 10 ming 900 nafardan ortiq a’zosi ishtirokida sport bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda. Tumandagi yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan biri — “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida ham shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Unda partiya a’zolari o‘zlarining mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash va strategik yondashuv borasidagi qobiliyatlarini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar. Musobaqa ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun ham imkoniyat yaratdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, “Navbahor” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. “Yakkachiqir” mahallasidagi BPT jamoasi ikkinchi, “Muhabbat” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?