Deputat taşabbusi bilan “Samanbay”ga zamonaviy SIP kabellari tortildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Alişer Djumanazarov tomonidan saylovçilar murojaatlarini örganiş va ularni joyida hal etiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş maqsadida amalga oşirilgan işlar natijasida bir qator aholi punktlarida elektr ta’minoti yaxşilandi.
Jumladan, Nukus tumani “Samanbay” OFY hududidagi qator ovullarda elektr tarmoqlarini yangilaş, yangi ustunlar örnatiş va zamonaviy SIP kabellari tortiş işlari amalga oşirilib, aholining barqaror elektr energiyasiga bölgan ehtiyoji ta’minlandi. Şuningdek, ayrim transformator punktlari 2026 yil dasturiga kiritilib, elektr ta’minotini yanada yaxşilaş böyiça rejali işlar belgilab olindi.
Mazkur amaliy işlar fuqarolar tomonidan ijobiy baholanib, minnatdorçilik bildirilmoqda. Deputatning saylovçilar bilan doimiy muloqotda bölib, ularning murojaatlariga amaliy yeçim topişga qaratilgan faoliyati hududlarda infratuzilmani rivojlantiriş va aholi turmuş şaroitini yaxşilaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.