Urganchdagi sayyor qabulda 57 ta murojaat joyida hal qilindi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Urganch shahrida sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda 145 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, 57 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Umid” aksiyasi doirasida 9 nafar ehtiyojmand oilaga maishiy texnika vositalari topshirilib, ularning turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashildi.
Sayyor qabul davomida ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.
Bunday muloqotlar aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.