Urgançlik xotin-qizlarga biznesning sir-asrorlari örgatildi
ÖzLiDeP Xorazm viloyat Kengaşi taşabbusi bilan Urganç şahridagi “Urganç Bahmal” MÇJda “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida seminar-trening taşkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi – hududdagi ayol tadbirkorlarning bilim va könikmalarini mustahkamlaş, yetakçilik salohiyatini oşiriş va zamonaviy biznesda samarali yönalişlarni qöllaşga yönaltirişdan iborat.
Trening davomida mutaxassislar tadbirkorlikdagi dolzarb masalalar, innovasion yondaşuvlar, marketing strategiyalari va yetakçilik qoidalari haqida ma’lumot berdilar. Iştirokçilar esa amaliy maşğulotlarda faol iştirok etib, öz tajribalarini boyitdilar.
Seminar iştirokçilari bu kabi tadbirlar yangi ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş va biznes yuritişdagi qiyinçiliklarni yengişda katta yordam berayotganini ta’kidladilar.
“Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi ayollarning işbilarmonlik könikmalarini oşiriş bilan birga, ularning jamiyatdagi faolligini kuçaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliy iqtisodiyotga hissa qöşişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.