Uyçi tumanida saylovoldi tarğibot tadbirlari ötkazildi
Namangan viloyatida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatlari saylovi oldidan joylarda tarğibot işlari davom etmoqda. ÖzLiDePdan körsatilgan nomzodlar bilan navbatdagi uçraşuvlar Uyçi tumanida ham kötarinki kayfiyatda ötkazildi.
Uyçi tumani Madaniyat markazi hamda “Barkas Teks” MÇJda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod Marufjon Rahmanov bilan uçraşuv bölib ötdi.
“Erkin va farovon, qudratli Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostidagi tarğibot tadbirida xalq deputatlari viloyat, tuman Kengaşlari deputatligiga körsatilgan nomzodlar, ÖzLiDeP faollari, nuroniylar va yoşlar vakillari iştirok etdilar.
Binobarin, partiya öz saylovoldi dasturida xalqimiz farovonligi uçun 5 ta maqsad va 500 ta vazifa belgilangan bölib, birinçi maqsad barqaror iqtisodiy ösiş orqali har bir inson, oila va jamiyat farovonligiga erişişga qaratilgan.
Uçraşuvda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Barno Mirzamova ham sözga çiqib, barçani saylovda faol qatnaşişga çaqirdi.