“Uzavtomotors AJ” Xorazm filialida saylovoldi uçraşuvi bölib ötdi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi “Uzavtomotors” aksiyadorlik jamiyati Xorazm filialida saylovçilar bilan uçraşdi.
Muloqot avvalida partiya saylovoldi dasturining asosiy yönalişlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi beş yilda amalga oşiriladigan işlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atrofliça ma’lumot berildi.
Tadbirkorlarga yanada keng imkoniyat va şaroitlar yaratiş, biznesni qöllab-quvvatlaş maqsadida soliqlarni öz vaqtida tölab, qonuniy iş yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatiga aralaşmaslik, şuningdek, tadbirkorlik bilan boğliq bölgan jinoyat turlarini kamaytiriş, soliq ma’murçiligi tizimini soddalaştiriş böyiça partiya öz zimmasiga olayotgan vazifalar haqida söz yuritildi. Bu takliflar ijobiy özgarişlar xalqimiz hayotining yanada farovon bölişi va yurtimiz taraqqiyotida öz natijasini körsatişi ta’kidlandi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, iqtisodiyotda davlat iştirokini keskin qisqartiriş, davlat mulkini xususiylaştiriş orqali xususiy sektor uluşini oşiriş, monopol sohalarni bozor tamoyillariga ötkaziş, Davlat organlari mansabdor şaxslarining tadbirkorlik faoliyatiga, şu jumladan, fermerlar faoliyatiga aralaşuvini qat’iy taqiqlaş uçun barça zarur çoralarni köriş partiyaning keyingi beş yillikdagi ustuvor vazifalaridan biridir.
O‘zLiDeP tadbirkorlar faoliyatiga har qanday noqonuniy usulda aralaşganlik uçun davlat organlari mansabdor şaxslarining javobgarligini kuçaytiriş, qonuniy faoliyat yuritayotgan va soliqlarni öz vaqtida tölayotgan tadbirkorlarni tekşirmaslikni ta’minlaş tarafdori ekanligi qayd etib ötildi.
Uçraşuv iştirokçilari partiyaning biznes yuritişni yanada soddalaştiriş, 1000 ga yaqin byurokratik talablarni bekor qiliş çoralarini köriş, litsenziyalar sonini ikki baravarga kamaytiriş, litsenziya talablari bekor böladigan 60 ta faoliyat uçun xabardor qiliş tizimini joriy etiş kabi maqsadlarni ilgari surayotgan O‘zLiDePning taklif-taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi.
Uçraşuv yakunida saylovçilar partiya kötarib çiqayotgan ğoyalarni e’tirof etişib, saylovda O‘zLiDeP uçun ovoz berişlarini ta’kidlaşdi.