Yakshanba 13-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turlarini kamaytirish, mazkur sohani liberallashtirish

20.09.2024
118

Ma’lumki, partiyamiz o‘z faoliyatida davlat tomonidan iqtisodiyotni nazorat qilinishini cheklash, odamlarning hayoti erkin va farovon bo‘lishi lozimligi, biznes yuritish oson va qulay bo‘lishi, soliqlar past bo‘lishi, byurokratik to‘siqlar bo‘lmasligi hamda iqtisodiyot raqobatga asoslanishi kabi g‘oyalarga asoslanadi.

Mamlakatimizda biznesni rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘p jihatdan mazkur sohadagi qonunchilikni liberallashtirishga bog‘liq. Sohadagi qonunchilikni liberallashtirilishi yangi tadbirkorlik subektlarining vujudga kelishiga hamda ko‘plab ish o‘rinlarini tashkil etishga zamin yaratadi.

Shu nuqtayi nazardan, O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilayotgan tadbirkorlik bilan bog‘liq jinoyat turlarini kamaytirish, sohani liberallashtirish, qonuniy ishlayotgan va soliqlarni vaqtida to‘layotgan tadbirkorlarni tekshirmaslik, tadbirkorlar faoliyatiga belgilangan hollardan tashqari aralashgani uchun mansabdor shaxslarga javobgarlikni kuchaytirish hamda mansabdor shaxslarning fermerlar faoliyatiga (hosilni sotish, narx belgilash va b.) aralashuvini qat’iy taqiqlash kabi masalalar dolzarb ahamiyatga ega.

Mazkur tashabbuslar tadbirkorlar va ishbilarmonlarga ko‘plab imkoniyatlarni yaratib beradi. Jumladan, tadbirkorlik sohasida ishonchli huquqiy muhit yaratiladi va sarmoyadorlarni jalb qilish imkoniyatlari oshadi. Shu sababli, partiyamiz shu kabi tashabbuslar orqali tadbirkorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qulay biznes muhitini yaratish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga intilmoqda.

Mazkur tashabbuslarning hayotga izchil tatbiq etilishi yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ularning soliq intizomini mustahkamlash hamda aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga imkoniyat beradi. Bularning hammasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish kabi asosiy g‘oyalarning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?