O'zLiDeP yetakchisi jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Jizzaxdagi urashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotdan boshlandi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi majlislar zalida tashkil etilgan uchrashuv tom ma’noda ochiq va samimiy muloqotga aylanib ketdi.
– Partiyamiz yoshlar uchun manfaatli ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida tizimli ishlar olib borildi, – dedi partiya yetakchisi. – Yoshlarni hunar va zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish, ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda “IT” sohasi va sportga keng jalb etish borasida puxta ishlangan rejalarni amalga oshiramiz.
Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif-tashabbuslar, muammolar tahlil qilinib, partiya fraksiyasi va tegishli vazirlik orqali ijobiy hal qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.