Poytaxtimizda ÖzLiDePning ommaviy tadbiri bölib ötdi
Joriy yilning 24-oktabr kuni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi ommaviy tadbiri poytaxtimizda taşkil etildi.
“Erkin va farovon, qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostidagi ommaviy tadbirda partiya saylovoldi dasturidagi muhim masalalarga töxtalib ötildi.
Xususan, partiya yalpi içki mahsulot hajmini 2030 yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boşiga töğri keladigan daromadni esa 4 ming dollarga yetkazilişi uçun astoydil kuraşadi. ÖzLiDeP Özbekistonni tadbirkorlar mamlakatiga aylantiriş, yurtimizdagi işbilarmonlar sonini 3 million nafardan oşiriş uçun barça zarur çoralarni köradi. Umuman olganda partiyaning uşbu taşabbuslari milliy iqtisodiyotda davlatning ta’sirini kamaytirib, bozor munosabatlariga asoslangan sof raqobat muhitini yaratişga imkoniyat beradi.
Tarğibot tadbiri iştirokçilariga partiyaning ilm ahli va ijodkor ziyolilarga doimiy e’tibor qaratiş, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, mehnat va yaşaş şaroitlarini, şuningdek, madaniyat va sport muassasalari, kutubxonalar, teatr va muzeylarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxşilaş böyiça öz zimmasiga olayotgan vazifalari haqida söz yuritildi. Şuningdek, partiya kelgusi beş yillikda qöşimça uy-joy qurilişi sohasiga 15 milliard dollar mablağ yönaltiriş orqali 1 million xonadonli uy-joylar qurilişiga alohida e’tibor qaratadi. Yangi uy-joy sotib olgan fuqarolarga qöşilgan qiymat soliğining yarmi qaytarib beriladigan tizim joriy etiş ustida işlaydi.
Partiyamiz yoşlar uçun manfaatli iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştirişga kömaklaşiş, talabalar uçun davlat taşkilotlarida iş haqi tölanadigan stajirovka tizimini rivojlantiriş zarur, deb hisoblaydi. Ëşlar uçun maxsus uy-joylar quriş va har yili 1 mingta yoş oilaga imtiyozli ipoteka kreditlarini beriş, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oşiriş, ayollarning masofaviy mehnat va raqamli tadbirkorlik böyiça könikmalarini oşirişga jiddiy e’tibor qaratadi.
Tarğibot tadbirida partiya saylovoldi dasturida barça hududlarda, avvalo, Toşkent şahrida atmosfera havosini yaxşilaş böyiça “Musaffo havo – 2030 milliy dasturi”ni qabul qilişni, ekologik toza transportlar uçun zarur infratuzilmani rivojlantiriş va elektr transport vositalarini ommalaştiriş böyiça qöşimça imtiyozlar beruvçi qonunni qabul qiliş kabi şahar ahli uçun ğoyatda muhim bölgan taşabbus ham kiritilgani ta’kidlandi. Mulk şaklidan qat’i nazar, barça mehnat jamoalarida iş vaqti me’yorlariga qat’iy amal qiliş, hokimlarning Kengaş oldida hisobdor bölişi, mas’uliyati va javobgarligi oşişini ta’minlaydigan tizimni mustahkamlaş, içki işlar va milliy gvardiya organlari xodimlarining fuqarolar bilan muloqot qiliş standartlarini joriy etiş orqali ularni xalq köz öngida tom ma’noda himoyaçiga aylantiriş kabi vazifalar ham bor.
Şuningdek, yöl transport xodisalarini keskin kamaytiriş çoralarini köriş, yuqori tezlikda harakatlanadigan haydovçilarni transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş, yöl harakati va boşqa sohalardagi jinoyatlar natijasida boquvçisidan mahrum bölganlarga aybdorlardan 18 yoşga tölgunga qadar aliment oliş huquqini beriş kabi takliflar ham örin olgan.
Tadbir sönggida iştirokçilar bölajak saylovlarda ÖzLiDePni qöllab-quvvatlab ovoz berişga çaqirildi.
Tarğibot tadbiri maşhur san’atkorlarning kuy-qöşiqlariga ulanib ketdi. Tadbirda yiğilgan saylovçilar partiyaning maqsad va ğoyalarini töliq qöllab-quvvatlaşlarini bildirib ötdilar.