ÖzLiDePda YEXHT DIIHB ekspertlari bilan uçraşuv bölib ötdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti(YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (DIIHB) Ehtiyojlarni baholaş missiyasi ekspertlari mamlakatimizda bölib turibdi. Joriy yilning 29 may kuni YeXHT DIIHB Saylovlar böyiça departamenti katta maslahatçisi Keara Kastaldo va saylovlar böyiça maslahatçi Kaxa Inaişvili ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov va partiya vakillari bilan uçraşdi. Muloqotda partiya rahbari mehmonlarga dastlab mamlakatimizda turli sohalarda amalga oşirilayotgan izçil islohotlarning ayrim qirralari xususida sözlab berdi. Xususan, ötgan yili yangilangan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz tomonidan qabul qiliniş jarayonlari hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning iştiroki haqida atrofliça ma’lumotlar berdi.
Suhbat jarayonida uşbu nufuzli taşkilot vakillari, şuningdek, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan qabul qilingan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uçun alohida ahamiyatga ega bölgan asosiy dasturiy hujjat “Özbekiston -2030” strategiyasiga ham e’tibor qaratdi. Uçraşuvda DIIHB missiyasining saylovlarni kuzatiş natijalari böyiça tavsiyalarini milliy saylov qonunçiligi va amaliyotiga hamda saylov bazasi qonunçiligini takomillaştiriş maqsadida olib borilayotgan jarayonlarda hisobga oliş va joriy qiliş masalalari muhokama qilindi. 2023 yil dekabr oyida qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum ötkaziş tartibini yanada takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunining milliy saylov qonunçiligi va saylov tizimini umumqabul qilingan xalqaro saylov standartlariga muvofiq yanada takomillaştirişdagi ahamiyati ta’kidlandi. YeXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholaş missiyasi ekspertlari özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar. Uçraşuv döstona va konstruktiv ruhda bölib ötdi.
ÖzLiDeP matbuot xizmati