Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP va Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

07.07.2026
94

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi deputati, “Adolat va taraqqiyot” (AK Parti) partiyasi Bosh raisining o‘rinbosari Kurshod Zorlu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotlar barcha sohalardagi hamkorlikni izchil mustahkamlayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalar kengayib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi samarali hamkorlik qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
Tomonlar partiyalararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. Xususan, O‘zLiDeP va “Adolat va taraqqiyot” (AK Parti) partiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi izchil amalga oshirilayotgani, uning doirasida partiya qurilishi, parlament fraksiyalari, yoshlar va ayollar qanotlari, tahliliy markazlar hamda hududiy tuzilmalar o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki partiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish, amaliy loyihalarni ko‘paytirish hamda turkiy davlatlar siyosiy partiyalari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?