Shanba 23-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Vobkentdagi 14 ta ta’lim va bog‘cha, 18 ta tibbiyot muassasasi toza ichimlik suvi bilan qachon ta’minlanadi?

22.08.2025
71

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 avgustdagi “Osiyo infratuzilma investisiyalari banki ishtirokida «Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan “Aholini ichimlik va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha “Buxoro suv ta’minoti” AJ Vobkent tumani filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, tumanda bugungi kunda 44 ta mahallaning 19 tasi to‘liq, 18 ta mahallaning 60 foizidan ko‘proq aholisi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini to‘la qondirish maqsadida tuman hududlaridagi aholi gavjum joylarda 13 ta toza filtr budkalari o‘rnatilgan.
Yig‘ilishda tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan tumandagi 7 ta umumta’lim maktabi, 7 ta maktabgacha ta’lim muassasasi 18 ta tibbiyot muassasasiga hanuzgacha maxsus transport vositalarida ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Yig‘ilishda deputatlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif-mulohazalarini bildirishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?