Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 16-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalq bilan birga” dasturi doirasida jamoatchilik bilan raqamli muloqot yo‘lga qo‘yiladi

15.04.2026
59

Buxoro Davlat universitetida O‘zLiDeP ning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturining taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda dasturning mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari atroflicha yoritildi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbus aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni joyida aniqlash va ularga manzilli yechim topishga qaratilgan muhim amaliy qadamdir.

Tadbirda dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalar, jumladan, “Yurakka yo‘l” aksiyasi, mobil shtablar faoliyati va sayyor qabullar orqali aholi murojaatlarini tinglash, yoshlar va xotin-qizlarni faol jarayonlarga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar orqali jamoatchilik bilan doimiy aloqa o‘rnatish va ochiq muloqot maydonlarini kengaytirish rejalari belgilandi.

Taqdimot yakunida ushbu dastur nafaqat ijtimoiy yordam ko‘rsatish, balki jamiyatda o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. “Xalq bilan birga” tashabbusi partiyaning xalqchillik tamoyilini amalda namoyon etib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?