Xalq salomatligi — eng ustuvor vazifa
Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 2026-yilgi Davlat dasturi mamlakat taraqqiyotining barça sohalarini qamrab olgan, eng avvalo, inson salomatligi va farovonligini ustuvor maqsad sifatida belgilagan strategik hujjatdir. Unda “Inson qadri uçun” degan ezgu tamoyil nafaqat şior, balki amaliy harakat dasturi sifatida namoyon bölmoqda. Ayniqsa, tibbiyot sohasida közda tutilgan keng qamrovli islohotlar xalqimiz hayoti sifatidagi real özgarişlarni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Soğlom avlodni tarbiyalaş — har qanday davlatning eng muhim strategik vazifasidir. Davlat dasturida onalik va bolalikni muhofaza qilişga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 10 million nafar bolani onkogematologik kasalliklarni barvaqt aniqlaş böyiça ommaviy skriningdan ötkaziş rejasi — bu şunçaki tibbiy tadbir emas, balki millat genofondini asraşga qaratilgan ulkan qadamdir.
Şuningdek, yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun audioskrining qamrovining kengaytirilişi, homilador va emizuvçi ayollarni yod preparatlari bilan taʼminlaş, reproduktiv yoşdagi xotin-qizlarga temir va foliy kislotasi tarqatilişi — bularning barçasi soğlom avlod zanjirini şakllantirişga xizmat qiladi. Erta profilaktika kelajakda oğir kasalliklarning oldini oliş, nogironlikni kamaytiriş va aholi umr davomiyligini oşirişga zamin yaratadi.
Onkologik kasalliklar bugun dunyo miqyosida dolzarb muammolardan biri bölib qolmoqda. Şu bois Davlat dasturida mazkur yönaliş ustuvor vazifalar qatoriga kiritilgan. Yiliga yuz minglab ayollarni qamrab oladigan baçadon böyni va kökrak bezi saratoni skrininglari — bu minglab hayotlarni saqlab qoliş imkonini beradigan tizimli çoralardir.
Ayniqsa, “tezkor yölak” (fast-track) mexanizmining joriy etilişi tibbiyotda sifat jihatidan yangi bosqiçni boşlab bermoqda. Endi saraton taşxisi qöyilgan bemorlar ortiqça qoğozbozlik va navbatlar tufayli vaqt yöqotmaydi. Taşxis qöyilgan zahotiyoq davolaş jarayoni boşlanadi. Bu esa eng qimmat neʼmat — inson hayotini asraşga xizmat qiladi.
2026-yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilingani tibbiyot tizimiga ham yangi yondaşuvlarni olib kirmoqda. Endi tibbiy xizmatlar faqat şifoxona devorlari içida emas, balki aholi yaşaydigan muhitning özida — mahallalarda körsatiladi.
Birlamçi tibbiy-sanitariya xizmati kuçaytirilib, patronaj tizimi takomillaştirilmoqda. Şifokorlar va hamşiralar aholining salomatlik holatini uyma-uy örganib, kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaşga qaratilgan profilaktik işlar olib boradi. Mikronutrient kukunlari, profilaktik dori vositalarining bepul tarqatilişi esa kam taʼminlangan oilalar uçun muhim ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hisoblanadi.
Bu orqali aholining dorilarga sarflaydigan xarajatlari kamayib, turmuş darajasi oşadi. Eng muhimi, tibbiyot aholiga yanada yaqinlaşadi.
Soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş davlat dasturining muhim yönalişlaridan biridir. Elektron tibbiy kartalar, onlayn navbat tizimi, masofaviy konsultatsiyalar joriy etilişi fuqarolar uçun vaqt va mablağni tejaydi. Şu bilan birga, tibbiy xizmatlar sifati ustidan jamoatçilik va deputatlik nazoratini kuçaytiriş imkonini beradi.
Raqamli texnologiyalar korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş, budjet mablağlaridan samarali foydalaniş va tibbiy muassasalar faoliyatining oçiqligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz, deputatlar Davlat dasturida belgilangan vazifalarning töliq va sifatli ijrosini taʼminlaşni öz oldimizga ustuvor maqsad qilib qöyganmiz. Har bir hududda amalga oşirilayotgan işlar, ajratilayotgan mablağlarning manzilli sarflanişi, aholi roziligi — doimiy parlament nazoratida böladi. Zero, Davlat dasturining haqiqiy samarasi hisobotlarda emas, balki odamlar hayotida namoyon bölişi kerak. Agar har bir oila tibbiy xizmatlardan rozi bölsa, har bir ona farzandi soğlom ösib-ulğayganini körsa — demak, maqsadimizga erişgan bölamiz.
2026-yilgi Davlat dasturi soğliqni saqlaş tizimida tub buriliş yasaydigan, inson salomatligini davlat siyosati darajasiga kötargan tarixiy hujjatdir. Uning markazida — inson, uning hayoti va baxtli kelajagi turadi.
Sevara UBAYDULLAEVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati