Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Xalqaro taşkilot va diplomatik idora vakillari bilan uçraşuv

23.10.2025
885

22-oktabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi A.Xaitovning Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (OSPXK) doimiy qömitasi raisi Çon Iy Yon raisi va Koreya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Von Do Yon bilan uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv Koreya tomoni taklifiga köra amalga oşirildi.

Uçraşuvda şuningdek O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi,  Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi va OSPXK  mas’ul xodimlari iştirok etişdi.

OSPXK doimiy qömitasi raisi öz sözida Özbekistonning Prezident Ş.Mirziyoyev boşçiligida davlat va jamiyat qurilişida erişgan muvaffaqiyatlari, mamlakatni har tomonlama rivojlantirişga qaratilgan keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarini e’tirof etdi. Elçi Von Do Yon esa ikki mamlakat örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlari yanada mustahkamlanayotgani, köp qirrali hamkorlik kengayayotgani xususida söz yuritdi.

Uçraşuvda mehmonlar tomonidan OSPXK bilan O‘zLiDeP örtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirişga qaratilgan takliflar ilgari surildi.   

O‘zLiDeP vakillari samimiy e’tirof va döstona takliflar uçun minnatdorlik bildirib, nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş O‘zLiDeP dasturiy maqsadlariga mos va uyğunligini ta’kidladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?