Xalqimizning energiyani tejab işlatişga bölgan rağbati iqtisodiy barqarorligimiz tomon qöyilgan navbatdagi qadamdir
Aholimiz ijtimoiy norma joriy etilganidan söng elektr energiyasini tejab işlatişni boşlagan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ötkazgan tadqiqotda respublikamizning barça hududlaridan 3,5 mingta uy xöjaliklari iştirok etdi. Şuningdek, 3,5 million tabiiy gaz va 8 million elektr energiyasi abonentlarining iste’mol ma’lumotlari tahlil qilingan.
Tahlil natijalariga köra, 2024 yil may-dekabr oylarida elektr energiyasi iste’moli 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt/soatga (-10,6 foiz) qisqargan. Elektr energiya iste’molida eng sezilarli pasayiş dastlabki iste’moli nisbatan yuqori bölgan hududlarda, masalan, Samarqand, Toşkent, Andijon va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.
Kuni keça Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişida ham boş vazir örinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov energetik tariflarning oşirilişi aholini tejamkorlikka undayotgani haqida gapirdi. Şuningdek, vazir tariflar past miqdorda oşganiga qaramay, ijtimoiy yordam közda tutilayotgani, daromadi 1 mln sömdan kam bölgan oilalar, 200 kWh'dan taşqari 150 kWh elektr energiyasi iste’mol qilsa, 150 kWh uçun tölov kompensatsiya qilib berilişini ta’kidladi. Bu elektr tariflar kötarilişi kambağal oilalarga ta’sir qilmasligini anglatadi.
Iste’molda ham iqtisodiyot tarmoqlarida ham energiyadan tejamkorlik bilan foydalanişni joriy etiş ÖzLiDeP saylovoldi dasturida öz aksini topgan. Partiyamiz energiya tajamkorligi va “Yaşil energiya” manbalarini qöllab-quvvatlaşni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining boş omili deb biladi. Xalqimizning energiyani tejab işlatişga bölgan rağbati iqtisodiy barqarorligimiz tomon qöyilgan navbatdagi qadamdir.