Xiva şahrida 47 nafar xotin-qiz bepul tibbiy körikdan ötdi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Salomatlik sari” loyihasi asosida Xiva şahrida bepul tibbiy köriklar aksiyasi taşkil etildi.
Aksiya davomida “Qiyot”, “Binokor” va “Gulirayhon” mahallalarida yaşovçi 47 nafar xotin-qiz malakali şifokorlar körigidan ötdi. Ular uçun UZI, mammografiya, qon tahlillari hamda onkolog va ginekolog köriklari ötkazildi.
Tibbiy köriklar natijasida 8 nafar fuqaroga stasionar davolaniş uçun yöllanma berildi, 16 nafar iştirokçiga esa ambulator davolaniş böyiça tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur aksiya xotin-qizlar salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş va aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirişga xizmat qildi.