Xivada eng yaxşi işbilarmon ayollar saralandi
Xiva şahrida ÖzLiDeP taşabbusi bilan ötkazilgan “Işbilarmon ayol–2026” körik-tanlovining şahar bosqiçi ğoliblari aniqlandi. Tanlovda mahallalardan 17 nafar faol va taşabbuskor tadbirkor ayollar iştirok etib, öz biznes loyihalari va mahsulotlarini taqdim etdilar.
Yakunlarga köra, “Farovon Khiva” mehmonxonasi rahbari Lola Mirzayeva 1-örinni egalladi. Şuningdek, hunarmand Madina Iskandarova 2-öringa, “Mirzaboşi atelye” rahbari Anjela Davletova esa 3-öringa munosib deb topildi.
Tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, ularni qöllab-quvvatlaş va mahallalarda yangi iş örinlari yaratişga xizmat qildi. Ğolib va iştirokçilar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.