Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 14-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xivada shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

14.10.2026
36

Xivada O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganining 23 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasida O‘zLiDeP kubogi o‘tkazildi. Mazkur tashabbus Xivadagi 86 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari uchun o‘z qobiliyati va mahoratlarini namoyon etish imkonini yaratmoqda.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash va strategik yondashuv borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Sangar” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, “Yangi turmush” mahallasidagi BPT jamoasi ikkinchi, “Do‘stlik” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar partiya diplomlari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?