Xivalik 130 nafar faol va taşabbuskorlar ÖzLiDePga a’zo böldi
Xiva şahrida ÖzLiDeP şahar Kengaşi taşabbusi bilan “Farovon” mehmonxonasida yangi boşlanğiç partiya taşkiloti oçildi.
Yiğilişda iştirokçilarga partiyaning siyosiy dasturi va maqsadlari haqida atrofliça ma’lumot berildi. Şu bilan birga, mamlakat taraqqiyotida ÖzLiDePning örni, ustuvor vazifalari hamda jamiyatda tadbirkorlik muhitini rivojlantiriş, xotin-qizlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş, xalq turmuş darajasini oşiriş yölida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritildi.
Tadbirda boşlanğiç partiya taşkiloti faoliyatini zamonaviy usullar asosida yölga qöyiş takliflari ham ilgari surildi. Jumladan, raqamlaştiriş orqali fuqarolar murojaatlari va takliflarini onlayn qabul qiliş, ularga javob beriş uçun maxsus platforma yaratiş, “Oçiq eşiklar kuni”ni muntazam ötkaziş hamda yangi a’zolar uçun öquv kurslarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Partiya faollari ta’kidlaganidek, har bir boşlanğiç taşkilot mahalliy darajada ÖzLiDePning tayanç nuqtasi sifatida xizmat qilmoqda. Şu bois yangi taşkilotlarning oçilişi nafaqat partiya uçun, balki jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oşirişga ham xizmat qiladi.
Tadbir yakunida 130 nafardan ortiq faol va taşabbuskorlar partiya saflariga qöşildi. Ularga ÖzLiDeP a’zolik guvohnomalari tantanali ravişda topşirildi.