Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Xorazmda joriy yil oxirigaça çorvaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş uçun 66 ta investitsiyaviy loyiha işga tuşiriladi

02.09.2025
902

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengaşidagi ÖzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.  Yiğilişda viloyat veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi tomonidan sohada olib borilayotgan işlar muhokama qilindi.

Yiğilişda ta’kidlanganidek, çorva hayvonlari soğliğini muhofaza qiliş, kasalliklarning oldini oliş va aholi salomatligini ta’minlaş maqsadida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Yozgi mavsumda çorva hayvonlari kuydirgi, quturiş, qorason va boşqa  kasalliklarga qarşi emlandi.

Viloyatda çorvaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş va sohani modernizatsiya qiliş maqsadida 2025 yilda qator yirik loyihalar amalga oşirilişi belgilangan. Jumladan, jami 367,6 mlrd sömlik 66 ta investitsiyaviy loyihalar işga tuşirilib, natijada 765 nafar fuqaroning iş bilan ta’minlanişi közda tutilgan. Bu esa viloyat iqtisodiyotida çorvaçilikning uluşini sezilarli darajada oşirişi bilan birga, aholining turmuş darajasiga ijobiy ta’sir körsatişi şubhasiz.

Eşituv jarayonida deputatlar tomonidan xalq murojaatlari yuzasidan tanqidiy mulohazalar ham bildirildi. ÖzLiDeP deputatlari tomonidan çorvaçilik sohasidagi işlarni yanada takomillaştiriş maqsadida qator taklif-tavsiyalar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?