Xorazmlik yoşlar va işsiz xotin-qizlarni kasbga yönaltiriş böyiça loyiha taşkil etildi
ÖzLiDeP Urganç şahar Kengaşi “Yoşlar qanoti” taşabbusi bilan Urganç şahridagi Kasbiy könikmalar markazida yoşlar va işsiz xotin-qizlar uçun amaliy tadbir ötkazildi. Unda iştirokçilar markazdagi zamonaviy öquv xonalari, kompyuter savodxonligi sinflari, ustaxonalar va öquv laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.
Loyiha davomida mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar, qisqa muddatli öquv kurslari, kasbga qayta tayyorlaş va malaka oşiriş imkoniyatlari hamda davlat tomonidan yaratilgan qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyiş, özini özi band qiliş va şaxsiy biznesni rivojlantiriş yuzasidan amaliy tavsiyalar iştirokçilarga yetkazildi.
Mahorat darslari jarayonida qatnaşçilar turli kasb yönalişlari böyiça amaliy maşğulotlarda iştirok etib, yangi könikmalarni egallaş imkoniga ega böldilar. Loyiha yoşlar va xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, ularning bandligini ta’minlaş hamda mehnat bozorida munosib örin egallaşiga xizmat qiluvçi muhim amaliy muloqot maydoniga aylandi.