Xorazmliklar ham O‘zLiDeP va uning nomzodlarini qöllab-quvvatlamoqdalar!
Xorazm viloyati Xiva şahridagi Xizmat körsatiş va servis texnikumi binosi majlislar zalida 60-Xorazm saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod Ruslan Sabirovning saylovçilar bilan uçraşuvi ötkazildi.
Uçraşuvda deputatlikka nomzod partiyaning saylovoldi dasturida xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oşiriş, gender tenglik masalalari bundan buyon ham asosiy vazifa bölib qolişini ta’kidladi.
Şuningdek, jamiyatda ayollar tadbirkorligini faollaştirişga qaratilgan siyosatni izçil davom ettirgan holda ayollarning masofaviy mehnat va raqamli tadbirkorlik böyiça könikmalarini oşirişga jiddiy e’tibor qaratiş, şu orqali ayollar orasidagi işsizlik darajasi 2 marta kamaytiriş taklifini ilgari surdi.
Partiya saylovoldi dasturida 2030 yilgaça bitiruvçilarni oliy ta’lim bilan qamrab oliş kölami 50 foizga yetkazilişi uçun barça çoralarni körişini ta’kidlab ötdi. Jahondagi “Top-500”dagi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qöşma öquv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etiş kabi vazifalar saylovçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda.
-Partiyaning saylovoldi dasturida kelgusi yillarda oliygohlar uçun qöşimça 120 ming örinli öquv binolari va 150 ming örinli talabalar turar joylarini quriş borasidagi vazifalar biz saylovçilarni juda ma’qul kelmoqda. Biz bölajak saylovlarda munosib nomzodlarga ovoz beramiz, - deydi uçraşuv iştirokçisi Nodira Köpalboyeva.
Uçraşuvda saylovçilar, xususan, yoşlar, mahalla faollari, keng jamoatçilik vakillari öz fikr hamda takliflarini bildirdilar.