Xususiy sektor sohasida iş beruvçi va xodim örtasidagi mehnat munosabatlari takomillaştirilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining yiğilişida bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari faoliyatini takomillaştiriş, intellektual mulk obyektlarini röyxatdan ötkaziş tartiblarini soddalaştiriş, mehnat kodeksiga xususiy sektor uçun belgilangan ijtimoiy majburiyatlarni erkinlaştirişga qaratilgan qonun loyihalari atrofliça körib çiqildi.
Dastlab Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga taşrifi va uning doirasida erişilgan keluşuvlarning ahamiyati haqida söz yuritildi.
Fraksiya rahbari Aktam Xaitov mazkur taşrifning ahamiyati haqida töxtalib, döstlik, işonç, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik tamoyillariga asoslangan köp qirrali Özbekiston — Turkmaniston munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Ötgan yili özaro tovar ayirboşlaş hajmi 1,1 milliard dollarni taşkil etgani, yaqin yillarda tovar ayirboşlaşni 2 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingani, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida özaro manfaatli kooperatsiya rivojlanayotgani urğulandi.
Deputatlar uşbu taşrif mamlakatlarimiz örtasida köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişini qayd etib, taşrif yakunlaridan kelib çiqib ÖzLiDeP va uning parlamentdagi fraksiyasi oldida turgan vazifalar belgilab olindi.
Yiğilişda mamlakatimiz hayotiga daxldor bölgan bir qator muhim qonun loyihalari ham körib çiqildi. Xususan, ÖzLiDeP fraksiyasi a’zolari taşabbusi bilan işlab çiqilgan — “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga xususiy sektor uçun belgilangan ijtimoiy majburiyatlarni erkinlaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi qizğin muhokamalarga sabab böldi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi xususiy sektorda iş beruvçi va xodim örtasidagi munosabatlarni yanada takomillaştiriş orqali tadbirkorlik va milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş va iqtisodiyotda norasmiy bandlik uluşini qisqartirişga, ÖzLiDeP saylovoldi dasturiy vazifalarining ijrosini ta’minlaşga qaratilgan.
Loyiha bilan mehnat şartnomasini xodimning taşabbusi bilan bekor qilişda arizani çaqirib oliş jarayonida iş beruvçining iştirokini ta’minlaş orqali xodimning mas’uliyatini oşiriş belgilanmoqda.
Şuningdek, mehnat şartnomasini iş beruvçi taşabbusiga köra, bekor qilişda kasaba uyuşmasi qömitasi yoki mahalliy mehnat organi bilan kelişiş jarayonlarini soddalaştiriş orqali xabardor qiliş tartibiga ötkaziş nazarda tutilyapti.
Xodimning uzoq muddat mehnatga qobiliyatsiz bölişi natijasida mehnat şartnomasini bekor qiliş asoslari takomillaştirilişi hamda tadbirkorlik subyektlarida örindoşlik asosida faoliyat yuritayotgan xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilinganda yozma şaklda ogohlantiriş va kompensatsiya tölovlarini tölaşni bekor qiliş taklif qilinmoqda.
Munozaralar davomida fraksiya a’zolari Dilmurod Artiqov, Töyçi Yoqubov, Durbek Axmedovlar qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalarni qöllab-quvvatlagan holda, hujjat yuzasidan öz fikr-mulohalari, takliflarini bildirdi.
Deputatlarning aytişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi xususiy sektor sohasida iş beruvçi va xodim örtasidagi mehnat munosabatlarini takomillaştirişga, norasmiy bandlik uluşini qisqartirişga va tomonlarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.
Qizğin bahs-munozaralar va savol-javoblardan söng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.