Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangi imkoniyatlar — inson farovonligi va taraqqiyot sari

22.09.2026
532

Qoraqalpoğiston Respublikasida keyingi yillarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar hududning öziga xos tabiiy-iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda yangi imkoniyatlar yaratiş, aholi farovonligini oşiriş va barqaror taraqqiyotni ta’minlaşga qaratilmoqda.

Ayniqsa, Orolböyi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlaş, çöllaniş jarayonlarining salbiy ta’sirini kamaytiriş, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, hududlarni kökalamzorlaştiriş hamda qişloq xöjaligida zamonaviy usullarni joriy etişga alohida e’tibor berilmoqda.

Kegeyli tumanida taşkil etilgan issiqxona xöjaligi ana şunday amaliy loyihalardan biridir. 5 gektar maydonda barpo etilgan majmuada zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, aholini daromadli mehnatga jalb etiş va ehtiyojmand oilalar uçun yangi daromad manbalarini yaratiş közda tutilgan. Bunday taşabbuslar qişloq xöjaligida mehnat unumdorligini oşiriş bilan birga, aholi bandligini ta’minlaşga ham xizmat qilmoqda.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş va oilaviy daromadlarni oşiriş borasidagi işlar ham izçil davom etmoqda. "Bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida asalariçilik kabi yönalişlarni rivojlantiriş orqali xonadonlar uçun qöşimça daromad manbalari yaratilmoqda. Bu esa mahallada tadbirkorlik muhitini şakllantiriş, aholini özini özi band qiliş va mehnat orqali farovonlikka erişiş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Nukus tumanidagi Dehqon arna mahallasida amalga oşirilayotgan işlar ham aholi uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan. "Aqlli mahalla" tizimi, maktabgaça ta’lim muassasasi, sport maydonçalari va tadbirkorlik uçun yaratilayotgan şaroitlar mahallaning ijtimoiy qiyofasini özgartirmoqda. Bu jarayonda bolalar ta’limi, yoşlar tarbiyasi, aholi salomatligi va böş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Hududda inson kapitali va tibbiyot sohasini rivojlantirişga qaratilgan işlar ham muhim örin tutadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasining taşkil etilişi tibbiy ta’lim, ilm-fan va amaliyotni özaro uyğunlaştiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu yerda zamonaviy simulyatsion ta’lim, ilğor tibbiy texnologiyalar, raqamli ta’lim va teletibbiyot imkoniyatlarini keng joriy etiş uçun şaroitlar yaratilgan.

Şuningdek, Nukus şahrida yoş oilalar uçun "Yangi Özbekiston" turar joy massivini barpo etiş loyihasi taqdim etildi. Bu yerda zamonaviy köp qavatli uy-joylar bilan bir qatorda biznes markazlari, savdo va xizmat körsatiş obyektlari taşkil etilişi rejalaştirilgan. Yangi massiv şahar infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, aholi uçun munosib yaşaş muhitini yaratişga xizmat qiladi.

Amalga oşirilayotgan loyihalarning yana bir muhim jihati — yangi iş örinlari yaratiş va kambağal oilalar daromadini oşirişga qaratilganidir. Bu borada tadbirkorlar, investorlar, mahalliy aholi va xorijiy hamkorlarning faol iştiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari loyihalarni amalga oşiriş jarayonida nuroniylar, olimlar va keng jamoatçilik vakillarini faol iştirok etişga, har bir taşabbus ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratini ta’minlaşga çaqirdi. Bunday yondaşuv aholi manfaatlarini ta’minlaş, yoşlar uçun munosib şaroitlar yaratiş va Orolböyining mustahkam iqtisodiy poydevorini şakllantirişga xizmat qiladi.

Umuman, Qoraqalpoğistonda amalga oşirilayotgan işlar ekologik barqarorlik, iqtisodiy rivojlaniş, tadbirkorlik, bandlik, ta’lim, tibbiyot va zamonaviy infratuzilmani bir-biri bilan uyğun holda rivojlantirişga qaratilgan.

Eng muhimi, bu jarayonlarning markazida inson manfaati turibdi. Yangi iş örinlari, daromad manbalari, zamonaviy ta’lim va tibbiy xizmatlar, obod mahallalar hamda qulay yaşaş şaroitlari Qoraqalpoğiston aholisi uçun yangi imkoniyatlarni kengaytirib, hududning barqaror va farovon kelajagi uçun mustahkam zamin yaratmoqda.

 

Guldana AVEZDURDIYEVA,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?