Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining oltin fondi
Davlatimiz rahbarining ilk imzolagan qonunlaridan biri – “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent davlat transport universitetida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining qabul qilinishi tarixi, qonunning mazmun-mohiyati, parlamentda yoshlarning o‘rni, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar hamda xotin-qizlarga qaratilgan e’tibor kabi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida yoshlarga oid davlat siyosatining keyingi yillarda bosqichma-bosqich rivojlanishi, yoshlarning jamiyatdagi faol ishtiroki va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ularning o‘rni alohida ta’kidlandi.