Yerdan foydalanuvçilarning kafolatlangan huquqlari ta’minlanadi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida dastlab Prezidentimizning Duşanbe şahrida bölib ötgan "Markaziy Osiyo — Rossiya" formatidagi ikkinçi sammit hamda MDH Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişidagi nutqining ahamiyati haqida söz yuritildi.
Fraksiya a’zolari davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflarni qöllab-quvvatlab, mazkur taşabbuslar MDHga a’zo davlatlar örtasida savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi integratsiyani yanada rivojlantiriş uçun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.
Yiğilişda bir guruh deputatlar tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida işlab çiqilgan — xususiy mulk huquqi kafolatlarini yanada kuçaytiriş, qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalaridan samarali foydalanişga qaratilgan qonun loyihasi atrofliça muhokama qilindi.
Ma’lum qilinganidek, sönggi yillarda mamlakatimizda mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuçaytiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarning faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu loyihada ayrim qonun hujjatlariga tovarlarning, xizmatlarning va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişiga yoki tovarlarning realizatsiya qilinişiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik yoxud tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda.
Munozaralar davomida deputatlar loyihaning ahamiyati va zaruratiga e’tibor qaratib, uni ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida fraksiya a’zolari tomonidan berilgan qator takliflar e’tiborga olingani va hujjat matnida aks ettirilganini qayd etişdi.
Deputatlarning fikriça, qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar mamlakatimizda xususiy mulk huquqi kafolatlarini yanada kuçaytirişga, yerdan foydalanuvçilarning kafolatlangan huquqlari ta’minlanişiga hamda qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalaridan samarali foydalaniş imkonini oşirişga xizmat qiladi.
Muhokamalardan söng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.