“Yoş tadbirkorlar” çempionati taşkil etiladi
Prezidentimiz tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda mamlakatimizda startaplar sohasini qöllab-quvvatlaş, innovatsiyalarni tijoratlaştiriş va yoşlar ğoyalarini amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Sakkiz yil avval barmoq bilan sanarli bölgan startaplar soni bugungi kunda 600 dan oşib ketgani yurtimizda innovasion muhitning jadal rivojlanayotganidan dalolatdir.
Joriy yilda yoşlar yaratgan mingta startap ğoyasi tijoratlaştirilib, ularning 200 tasi xalqaro bozorga çiqarilişi belgilangan. Şu maqsadda 100 million dollar mablağ yönaltirilib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi.
Şu yildan “Yoş tadbirkorlar” çempionati taşkil etilib, eng yaxşi 100 ğoya tanlab olinadi va har biriga 1 milliard sömgaça investitsiya kiritiladi. Şuningdek, ğoliblar uçun moliyaviy va marketing xizmatlari xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bundan taşqari, fintex-startaplarni rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqilib, “oçiq banking” tizimi joriy etiladi. Bu esa raqamli moliyaviy xizmatlarni kengaytiriş bilan birga, yaqin yillarda startaplarga kiritiladigan investitsiyalarni 10 barobarga oşiriş imkonini beradi.
Davlatimiz rahbarining uşbu taşabbuslari O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor yönalişlar bilan hamohang bölib, partiya innovasion ğoyalar, startap va fintex loyihalarini qöllab-quvvatlaşni mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida belgilab olgan.