Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 22-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi

22.10.2026
70

Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi hamda institut hamkorligida yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasida o‘tkazilgan bellashuvda 30 nafar yosh ishtirok etdi.

Musobaqa tashkilotchilari shaxmat inson tafakkurini charxlash, diqqat va xotirani mustahkamlash, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda oldindan reja tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi. Shu bois O‘zLiDePning bu kabi tadbirlari yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, tajriba almashish imkoniga ham ega bo‘ldilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, Muhammad Mo‘minjonov g‘olib deb topildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?