Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 17-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar partiya kadrlar zaxirasiga tanlab olindi

17.11.2026
37

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan Angren Universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda deputatlar, tadbirkorlar, universitet rahbariyati va partiya faollari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirib, partiya faoliyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot oldilar.

Uchrashuv yakunida 10 nafar o‘qituvchi va talaba partiya a’zoligiga qabul qilindi. Shuningdek, 6 nafar talaba “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida partiya kadrlar zaxirasiga tanlab olindi.

Mazkur loyiha yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ular orasidan tashabbuskor va bilimli kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?