Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 04-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar tashabbuslari va tadbirkorlik loyihalari muhokama qilindi

04.06.2026
107

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda partiya rahbariyati, deputatlar, yosh tadbirkorlar va faol yoshlar ishtirok etib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Muloqotda yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, tadbirkorlikni boshlashi hamda startap loyihalarini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Ayniqsa, IT, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalaridagi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezident qarori asosida yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish, startap va innovasion loyihalarni moliyalashtirish, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi. Uchrashuv yakunida ularning biznes va innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?