Yoşlar uçun yangi imkoniyatlar: “Yangi avlod kadrlari” loyihasi start oldi
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida ÖzLiDeP Navoiy viloyat Kengaşi taşabbusi bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir taşkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari viloyat va şahar Kengaşi deputatlari, tadbirkorlar, partiya faollari, OAV vakillari hamda oliy ta’lim dargohi talabalari iştirok etdi.
Unda sözga çiqqanlar tomonidan mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy rivojlanişida yoşlarning faol iştiroki muhim ekanligi ta’kidlanib, bunda siyosiy partiyalarning yoşlarni tayyorlaş, ularning salohiyatini oşiriş, partiyaviy va davlat boşqaruvi sohalariga jalb etiş strategiyasi alohida örin tutadi.
– “Yangi avlod kadrlari” loyihasi aynan şunday maqsadlar asosida şakllangan taşabbus bölib, ÖzLiDeP tomonidan yoşlar orasida kadrlar zaxirasini şakllantiriş, liderlik fazilatlarini rivojlantiriş, siyosiy ta’lim beriş va amaliy tajriba orttirişiga xizmat qilmoqda, – deydi partiya viloyat Kengaşi Jamoatçilik bilan aloqalar, axborot siyosati va mafkuraviy işlar bölimi mudiri boş mutaxassisi Adizbek Uzoqov. – Bu loyiha yoşlarni nafaqat siyosiy jarayonlarga faol jalb etiş, balki zamonaviy tafakkurga ega, bilimli, taşabbuskor va vatanparvar yoş yetakçilarni şakllantirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, u siyosiy va davlat boşqaruvi tizimida faoliyat yuritişga qodir kadrlar zaxirasini yaratiş, yoşlarning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan boyitiş, liderlik va kommunikatsiya sohasida tajriba orttiriş, siyosiy hamda ijtimoiy masalalar böyiça bilim va malakasini oşirişga qaratilgan muhim taşabbus hisoblanadi.
Tadbir davomida partiya Ayollar qanotining “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida ÖzLiDeP faoli, “Şuhrat” medali sohibasi, tadbirkor Zarina Xamidova tomonidan “Mahorat darsi” taşkil etildi.
Unda mamlakatimizda yoşlarga hamda xotin-qizlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar haqida söz yuritildi.