Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 02-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ta’limda innovasion yondashuvlarni joriy etish O‘zLiDeP ishchi guruhining diqqat markazidagi masaladir

02.02.2026
56

O'zLiDeP raisi A.Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh Gʻuzor tumanidagi zamonaviy ta’lim maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari Prezidentimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori, yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda hududlarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ta’lim sifati, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va innovasion yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Avvalo, ishchi guruh Xalqaro innovasion tibbiyot texnikumining Gʻuzor filiali faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Qayd etish kerak, 2025 yilda tashkil etilgan mazkur texnikum 2 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda bu yerda 400 nafar talaba hamshiralik ishi, davolash ishi, farmatsiya ishi hamda tibbiyot brigadasi hamshirasi yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar yoshlarni sifatli tibbiy bilim bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.Shundan so‘ng ishchi guruh “Level Up Education” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilgan Davlat dasturi loyihasi muhokamasi, 2026 yilda amalga oshiriladigan ustuvor islohotlar hamda ta’lim va bandlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?