Yurt ravnaqi va xalqimiz farovonligi uchun ovoz beramiz
Shayxontohur tumanidagi “Renessans ta’lim unversiteti”da Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilgan nomzod Nodir Jumayev, O‘zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi raisi Aziz Gafurov hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar hamda saylovchilar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlikka nomzodlar yig‘ilganlarni partiyaning saylovoldi dasturi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, nomzodlar tomonidan partiya saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Jumladan, biznes yuritishni yanada soddalashtirib, 1000 ga yaqin byurokratik talablarni bekor qilish choralari ko‘rilishi, shuningdek, budjetdan tibbiyotga ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini kamida 2 karra oshirish, “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish kabi maqsadlar ijrosi ham O‘zLiDePning kelgusi 5 yillikdagi faoliyatida muhim o‘rin tutganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Targ‘ibot tadbirida saylovchilarni bo‘lajak saylovda O‘zLiDePni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolindi.