Yurtimiz istiqboli va ravnaqi uçun ovoz beramiz!
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatligiga nomzodlarning saylovçilar bilan navbatdagi uçraşuv manzili Buxoro neft va gaz sanoati kolleji böldi.
Parlament quyi palatasi deputatligiga nomzodlar Ş.Bafoyev va M.Baratova tadbirning asosiy qatnaşçilari ilk marotaba saylovda iştirok etuvçi yigit-qizlar ekanligini nazarda tutgan holda öz dasturlaridagi yoşlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilişga oid maqsad va vazifalar bilan yoş avlod vakillarini yaqindan taniştirdilar.
Xususan O‘zLiDePning qonuniy faoliyat yuritayotgan va soliqlarni öz vaqtida tölayotgan tadbirkorlarni tekşirmaslikni ta’minlaş tarafdori bölib maydonga çiqayotganligi muhim örin tutadi.
Saylovoldi uçraşuvda söz olgan mahalliy Kengaş deputatligiga nomzodlar J.Matniyozov, R.Zagretdinov, R.Ismatova va boşqalar partiyamizning yangi saylovoldi dasturidagi 5 maqsad va 500 vazifa kelgusi 5 yil davomida xalqimiz turmuş farovonligini oşirişda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.