Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 24-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Zamonaviy şaharsozlik namunasi

15.10.2026
1000

Davlatimiz rahbarining Yangi Toşkentda amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişib, investorlar bilan ötkazgan samimiy muloqoti mamlakatimizda şaharsozlikka bölgan yondaşuv yangi bosqiçga kötarilayotganini yaqqol körsatadi.

Hududda şu paytgaça 2 milliard dollardan ortiq investitsiya özlaştirilgani, umumiy qiymati 1 milliard dollarlik yettita obyekt foydalanişga topşirilgani hamda yana 2,5 milliard dollarlik önta yirik loyiha qurilişiga start berilgani mazkur jarayonning kölami naqadar kengligini aks ettirayotir. Ayniqsa, zamonaviy energiya tizimlari, muhandislik tarmoqlari, yaşil hududlar, ta’lim muassasalari va transport infratuzilmasining barpo etilişi yangi şaharning uzoq muddatli rivojlanişi uçun asos yaratadi.

Mazkur loyihaning eng muhim jihatlaridan biri — iqtisodiy ösiş bilan insonlar uçun qulay yaşaş muhitini özaro uyğunlaştirişga intilişi bilan boğliq. Yangi Toşkentda 2 ming gektar yaşil maydon hamda 500 gektar istirohat boğlarini taşkil etiş, çiqindilardan elektr energiyasi oliş, quyoş panellaridan foydalaniş kabi taşabbuslar şahar rivojida ekologik masalalar ham muhim örin egallaydi. Bunday yondaşuvda quriliş hajmidan taşqari, yaratilayotgan muhitning sifati, ekologik barqarorligi va aholiga qulayligi bilan ham natijaga baho beriş mumkin.

Prezidentimizning investorlar bilan muloqotida xususiy sektor faolligini oşiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş hamda tadbirkorlik loyihalarini amalga oşiriş jarayonlarini soddalaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu juda muhim. Nega deganda, yirik şaharni barpo etişda davlat infratuzilmani yaratib berişi bilan birga, xususiy investitsiyalar uçun ham aniq hamda barqaror şaroitlar şakllantirilişi zarur. Yer ajratiş, ruxsat oliş va loyihalarni işga tuşiriş jarayonlarining şaffofligi investorlarga işonç beradi, soğlom raqobatni kuçaytirib, iqtisodiy faollikni oşiradi.

E’tiborlisi, xizmat körsatiş, turizm, biznes markazlari, xususiy maktab, boğça va şifoxonalar uçun infratuzilma tölovlarini kamaytiriş böyiça belgilangan çora-tadbirlar tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantirişga qaratilgan. Bu imkoniyatlar amalda yangi korxonalar taşkil etilişi, iş örinlari köpayişi hamda aholining sifatli xizmatlardan foydalaniş imkoniyati kengayişiga zamin yaratadi.

Yangi Toşkent iqtisodiy imkoniyatlaridan poytaxt tadbirkorlari bilan birga, yurtimizning boşqa hududlaridagi işbilarmonlar ham foydalanişi közda tutilmoqda. Bu tenglik, şaffoflikning bir körinişi, albatta. Hududlar tadbirkorlariga yer maydonlari ajratilişi böyiça belgilangan yondaşuv hududlararo iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va investitsiya faolligini mamlakat böylab rağbatlantiriş nuqtayi nazaridan ham ğoyatda ahamiyatli.

Biz, xalq vakillari uşbu jarayonlarda qonunçilikni takomillaştiriş, şuningdek, investorlarga yaratilgan imkoniyatlar, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş çoralari va şaharsozlik talablari özaro uyğun işlaşini ta’minlaşimiz zarur. Şu bilan birga, quriliş sifati, ekologik talablar, transport qulayligi, ijtimoiy infratuzilma hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş masalalari ham doimiy e’tiborda böladi.

Umuman, Yangi Toşkentning haqiqiy samarasi bu yerda qança yangi iş örni oçilgani, aholi uçun qanday şaroitlar yaratilgani va tadbirkorlar uçun qançalik qulay iqtisodiy muhit yuzaga kelgani bilan baholanadi. Şu ma’noda, bugun boşlangan loyihalarning izçil amalga oşirilişi mamlakatimizda zamonaviy şaharsozlik madaniyati hamda yangi iqtisodiy markazlarni rivojlantiriş uçun muhim tajriba bölib xizmat qiladi.

 

Oybek YULDOŞEV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?