“Özbekiston – 2030”: yangilangan strategiya — inson va xalq farovonligi uçun
Prezidentimizning 26-dekabr kuni Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasida “Özbekiston – 2030” strategiyasini qayta körib çiqiş vazifasining qöyilişi mamlakat taraqqiyotida mutlaqo yangi bosqiç boşlanayotganidan dalolat beradi. 2023-yilda qabul qilingan uşbu strategik hujjat qisqa vaqt içida öz samarasini körsatib, iqtisodiy ösiş, ijtimoiy barqarorlik va xalqaro nufuzni mustahkamlaşda muhim natijalarni ta’minladi. Kambağallik va işsizlik darajasining sezilarli pasayişi, YAIM, eksport va investitsiyalar hajmining oşişi, ta’lim qamrovi kengayişi — barçasi amaliy islohotlar samarasining yaqqol isbotidir.
Ayniqsa, YAIM hajmini 160 mlrd dollarga yetkaziş böyiça avval 2030 yilga qaratilgan maqsadga 2026-yilning özida erişiş kutilayotgani strategiyaning real va pragmatik asosda işlab çiqilganini körsatadi. Kelgusi beş yilda iqtisodiyot hajmini 240 mlrd dollardan oşiriş imkoniyati mavjudligi haqidagi baho esa Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarga bölgan işonçni yanada mustahkamlaydi. Bu körsatkiçlar iqtisodiy siyosatda aniq hisob-kitob, oçiqlik va uzluksiz islohotlar ustuvor ekanini anglatadi.
Şu bilan birga, aholi sonining ösişi, global iqtisodiy jarayonlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning jadal rivoji “Özbekiston – 2030” strategiyasini yangilaşni taqozo etmoqda. Unda 350 dan ortiq mutasaddi idora va ilmiy markaz vakillari iştirokida 444 ta samaradorlik körsatkiçi qayta körib çiqilişi, 60 ga yaqin davlat organlarining aniq mas’uliyati belgilab qöyilişi strategiya ijrosida tizimli va şaxsiy javobgarlikni kuçaytiradi.
Muhim jihati şundaki, strategiyada har bir maqsadni amalga oşiriş uçun zarur bölgan moliyaviy manbalar aniq körsatilgan. Şuningdek, tarmoqlar va hududlar böyiça işlab çiqiladigan barça rivojlaniş dasturlarining “Özbekiston – 2030” strategiyasiga moslaştirilişi markaz va joylarda işlar yagona maqsad asosida olib borilişini ta’minlaydi. Eng muhimi, strategiya loyihasining keng jamoatçilik muhokamasiga qöyilişi oçiqlik va şaffoflikni ta’minlab, fuqarolarning fikr va takliflari qaror qabul qiliş jarayonida inobatga olinayotganini yaqqol körsatadi.
Umuman olganda, yangilangan “Özbekiston – 2030” strategiyasi iqtisodiy ösişni jadallaştiriş, inson kapitalini rivojlantiriş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan mustahkam dastur bölib xizmat qiladi. Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi va uning deputatlari uşbu strategiyani takomillaştiriş jarayonida faol iştirok etib, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, iqtisodiy erkinlikni kengaytiriş va xususiy sektor uluşini oşiriş böyiça aniq takliflar bilan çiqadi. Eng muhimi, partiya strategiya ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini kuçaytiriş orqali belgilangan maqsadlar xalq manfaatlariga xizmat qilişiga özining amaliy hissasini qöşadi.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari