Özbekiston — AQŞ: özaro işonç, samimiyat va taraqqiyot yölida
Dunyoda global geosiyosiy jarayonlar keskin sur’at bilan rivojlanayotgan bir davrda, mamlakatimiz taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari orasida AQŞ bilan hamkorlik alohida örin tutadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan ilk kunlardanoq bu davlat bilan munosabatlarini yölga qöygan bölsa-da, sönggi yillarda bu aloqalar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
Ayni vaqtda Özbekiston va AQŞ munosabatlarida tub buriliş kuzatilmoqda. Agar tarixga nazar taşlaydigan bölsak, mustaqillikning ilk davridanoq mamlakatimiz Amerika bilan diplomatik aloqalarni örnatgan. Lekin ayni paytda Prezident Şavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi va oçiq taşqi siyosat yönalişi tufayli bu munosabatlar yangi sifat bosqiçiga kötarildi.
Bugun biz ikki davlat aloqalariga töxtaladigan bölsak, birinçi navbatda, ularning amaliy natijalarini nazarda tutamiz. Tovar ayirboşlaş hajmining sezilarli oşişi, yirik amerikalik korporatsiyalar va moliyaviy institutlarning mamlakatimizga qiziqişi ortişi, sarmoya kiritiş böyiça amaliy kelişuvlar – bularning barçasi Özbekiston taraqqiyotiga xizmat qilayotgani şubhasiz.
Aynan şu nuqtada bir muhim jihatni ta’kidlaş lozim: ya’ni Özbekiston va AQŞ hamkorligi orqali olinayotgan samaralar, avvalo, xalq farovonligini oşirişga qaratilgan. Yangi iş örinlari, zamonaviy texnologiyalar, malakali mutaxassislar tayyorlaş imkoniyatlari va iqtisodiy barqarorlik – bular xalqlarimiz hayotida yaqqol seziladigan özgarişlar sirasiga kiradi.
Misollarga murojaat qilaylik: ikki davlat örtasidagi savdo aloqalari sönggi yillarda sezilarli darajada kengaydi. 2024-yilda tovar aylanmasi tarixda ilk bor 882 million dollarga yetdi. Bu 2023-yilga nisbatan 15 foizga köp, sönggi sakkiz yil içida esa tört barobar ösiş demakdir. Şundan 317 million dollari eksport uluşiga töğri keldi (oldingi yilga nisbatan 29,1 foiz ösiş), ya’ni Özbekistondan AQŞga yuborilgan mahsulot hajmi ikki barobar oşdi. Bu körsatkiç mamlakatimiz işlab çiqaruvçilarining Amerika bozoriga kirib borişi barqaror yönalişga aylanganini körsatadi.
Eksport tarkibiga e’tibor qaratadigan bölsak, unda qişloq xöjaligi, oziq-ovqat hamda töqimaçilik va gilam mahsulotlari, quriliş materiallari yetakçi örinni egallaydi. Bu esa ikki jihatdan muhim. Birinçisi, Özbekistonning sanoat va agrar sektori mahsulotlari AQŞ bozorida raqobatbardoş ekani isbotlanmoqda. Ikkinçisi, eksport geog rafiyasi diversifikatsiya qilinib, Yevropa va Rossiya bozorlari bilan birga AQŞ yönalişi ham mustahkamlanmoqda.
Bilamizki, AQŞ dunyodagi eng yirik sarmoyador mamlakatlardan biri hisoblanadi. Uning moliyaviy salohiyatidan samarali foydalaniş mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun katta imkoniyatlar yaratadi. Sönggi yillarda qator transmilliy korporatsiyalar bilan imzolangan şartnomalar buning yaqqol dalilidir.
Nazarimizda, Özbekiston va AQŞ munosabatlarida bugun öziga xos tarixiy sahifa oçildi. Ya’ni döstona muloqot, işonç va pragmatik hamkorlik namoyon bölmoqda. Prezidentimiz taşabbusi bilan olib borilayotgan oçiqlik siyosati, şubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi bir davrni boşlab bermoqda.
Albatta, mamlakatlar örtasidagi munosabatlar faqat imzolanayotgan rasmiy hujjatlar yoki bayonotlar bilan emas, balki davlat rahbarlarining samimiy muloqotlari orqali mustahkamlanadi. Şu ma’noda aytiş mumkinki, Özbekiston va AQŞ Prezidentlarining özaro muloqotlari ikki davlat aloqalari tarixida buriliş yasamoqda.
Jonli misol şuki, Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida bölib ötgan uçraşuvda bu yana bir bor öz isbotini topdi. Prezidentlar orasidagi suhbat nafaqat rasmiy diplomatik ruhda, balki samimiylik va işonçga asoslangan holda keçdi. Bu esa mamlakatlar örtasidagi munosabatlarning haqiqiy strategik şeriklik bosqiçiga kötarilganidan dalolat beradi.
Özbekiston taşqi siyosatining asosiy yönalişlaridan yana biri muvozanatli va oçiq muloqot olib borilayotganidir. AQŞ bilan muloqotda ham aynan şunday yöl tutilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyevning qat’iy va oçiq bayonotlari, amaliy taşabbuslari amerikalik siyosiy va biznes doiralari tomonidan ham yuqori baholanayotganiga barçamiz guvohmiz.
Prezident Trampning “Prezident Mirziyoyev – bir sözli inson” degan ta’rifi bejiz emas. Bu sözlar nafaqat ikki yetakçi örtasidagi şaxsiy işonç, balki butun davlatlararo munosabatlarning oçiqligi va samimiyatini ifoda etadi.
Şuni alohida ta’kidlaş lozimki, siyosiy muloqotning samarasi iqtisodiy sohada ham öz aksini topmoqda. Nyu-Yorkda ötkazilgan işbilarmonlik forumlari, amerikalik investorlar bilan bölib ötgan muzokaralar natijasida fuqaro aviatsiyasi, toğ-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boşqa ustuvor yönalişlarda umumiy qiymati 100 milliard dollardan ziyod bölgan şartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi.
Bu şartnomalar faqat raqam emas. Ularning har birida xalqimiz hayotiga töğridan töğri ta’sir körsatadigan yirik loyihalar mujassam. Masalan, energetika sohasida Amerika kompaniyalari bilan yirik inves titsiya bitimlari tuzilib, mamlakatimizda barqaror va ekologik toza energiya manbalarini yaratiş rejalaştirilgan. Moliya bozorida “Citigroup”, “Franklin Templeton”, “BNY Mellon”, “BlackRock” kabi yirik korporatsiyalar bilan kelişuvlarga erişildi. Bu esa milliy kapital bozorini rivojlantiriş, IPO jarayonlarini samarali yölga qöyiş imkonini yaratadi. Aviatsiya sohasida “Boeing” bilan 22 ta zamonaviy samolyot xaridi böyiça bitim imzolandi. Bu nafaqat yurtimiz avia parkini yangilaydi, balki mamlakatimizni global aviatsiya bozoridagi nufuzini oşiradi.
Fikrimizça, Özbekiston va AQŞ örtasidagi siyosiy muloqotlar va iqtisodiy kelişuvlar özining yana bir asosiy jihati bilan ğoyat ahamiyatli: ularning markazida xalq manfaati turibdi. Iş örinlari yaratiş, yangi texnologiyalarni jalb qiliş, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş – barçasi odamlar hayoti sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Siyosiy muloqot qançalik samimiy bölsa, iqtisodiy hamkorlik ham şunçalik samarali böladi. Prezidentlar örtasidagi işonçli munosabatlar esa ikki davlat uçun ham ulkan istiqbollar eşigini oçmoqda.
Har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyotida xalqaro hamkorlik, ayniqsa, yirik biznes va moliya kompaniyalari bilan yölga qöyilgan aloqalar beqiyos ahamiyat kasb etadi. Nyu-York şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞning yetakçi biznes vakillari bilan uçraşuvlari aynan şunday muhim voqea sifatida tarixga kirdi. Bu muloqotlarda imzolangan şartnomalar, tuzilgan kelişuvlar bir qaraşda raqamlar va hujjatlardek körinsa-da, aslida ularning zamirida yuzlab iş örinlari, minglab oilalarning farovon hayoti, mamlakatning kelgusi iqtisodiy yönalişlari mujassam.
Uçraşuvlarda “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Go Green Partners” kabi kompaniyalar bilan bitimlar imzolandi. Uşbu kelişuvlar qazib oliş va qayta işlaş sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan. Bu degani Özbekiston nafaqat xom aşyo eksportiga tayanadi, balki qöşimça qiymatli mahsulot işlab çiqariş orqali jahon bozorida öz mavqeini mustahkamlaydi.
Şuningdek, “yaşil iqtisodiyot”ga oid kelişuvlar mamlakatimizda barqaror taraqqiyoti uçun asos yaratmoqda. Yangi texnologiyalar orqali tabiatni asrab-avaylaş, energiya resurslarini tejaş, ekologik holatni yaxşilaş – bularning barçasi kelajak avlod uçun ham boy merosdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida kapital bozorini rivojlantiriş uzoq yillardan buyon dolzarb masala bölib kelayotgandi. Endi esa bu yönalişda ulkan qadamlar qöyilmoqda. AQŞning yirik moliyaviy korporatsiyalari — “BlackRock”, “Franklin Templeton”, “Citigroup”, “BNY Mellon” bilan tuzilgan kelişuvlar yurtimizda moliya bozorini tubdan rivojlantirişga xizmat qiladi.
Ayniqsa, “Franklin Templeton” bilan qöşma investitsiya fondi taşkil etilişi katta strategik ahamiyatga ega. Bu orqali mamlakatimizga töğridan töğri sarmoyalar oqimi oşadi, davlat korxonalarini transformatsiya qiliş va IPO jarayonlarini samarali amalga oşiriş imkoniyatlari paydo böladi.
Amerika bilan hamkorlikdagi eng yirik kelişuvlardan biri “Boeing” korporatsiyasi bilan tuzilgan şartnoma böldi. Unga köra, “Uzbekistan Airways” 22 ta zamonaviy “Dreamliner” samolyotini xarid qiladi. 8 milliard dollarlik uşbu bitim nafaqat Özbekis ton uçun, balki AQŞ uçun ham katta ahamiyatga ega. Çunki bu bitim orqali Amerikada 35 mingdan ortiq yangi iş örni yaratiladi.
Özbekiston uçun esa bu kelişuv aviatsiya sohasini modernizatsiya qiliş, yurtimizning xalqaro aviaqiymatlar bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş, sayyohlik imkoniyatlarini kengaytiriş demakdir.
AQŞning yetakçi tibbiyot muassasasi “Cleveland Clinic” bilan hamkorlik esa soğliqni saqlaş sohasini yangi bosqiçga olib çiqadi. “Akfa group” bilan hamkorlikda taşkil etiladigan zamonaviy klinika nafaqat yurtimiz aholisiga, balki butun Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolariga ham xizmat qiladi. Bu esa Özbekistonni mintaqaviy tibbiy markaz sifatida şakllantiriş yölidagi muhim qadam hisoblanadi.
Oçiğini aytganda, har bir bitim ortida xalqimiz manfaati yotibdi. Iş örinlari, zamonaviy texnologiyalar, yangi imkoniyatlar bularning barçasi “Yangi Özbekiston”ning amaliy taraqqiyot yölini belgilab beradi. Biznes vakillari bilan imzolangan şartnomalarni qoğozdagi raqam sifatida emas, balki oddiy fuqarolar hayotida özgariş olib keladigan aniq qadam sifatida köriş lozim.
Dunyo siyosatida şunday holatlar borki, ular rasmiy protokollardan köra insonning samimiy qiyofasi orqali öz ifodasini topadi. Davlat rahbarlari örtasidagi munosabatlarda ham bu jihat muhim ahamiyatga ega. Çunki siyosatda işonç va döstona muhit yöq joyda, hatto eng yirik kelişuvlar ham xavf ostida qolişi mumkin.
Şu ma’noda Prezident Şavkat Mirziyoyev va AQŞ Prezidenti Donald Tramp örtasidagi muloqotlarda kuzatilayotgan samimiylik va işonçni alohida ta’kidlaş kerak. Nyu-York şahrida, BMT Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida ötgan uçraşuvda ham ana şu muhit yaqqol namoyon böldi.
Prezidentimiz muloqot çoğida AQŞ yetakçisini xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, uning tinçlikparvar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Donald Tramp esa Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohot larga yuqori baho berdi.
E’tiborga molik jihati, Tramp şaxsan Truth Social tarmoğida post qoldirib, Prezident Mirziyoyevni “bir sözli inson” sifatida ta’rifladi. Bu ta’rif nafaqat davlatimiz rahbarining şaxsiy nufuzi, balki Özbekistonning xalqaro obrösi tobora ortib borayotganini ham körsatadi. Siyosatda bunday ibora kamdan-kam hollarda işlatiladi. Ijtimoiy tarmoqqa joylangan post millionlab odamlarga yetib bordi. Bu xabar xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, tahlilçilar tomonidan muhokama qilindi. Demak, Trampning sözlari rasmiy diplomatik kanallardan taşqari ommaviy fikrda ham Özbekistonga ijobiy imij yaratdi.
Bu postda “ulkan bitim” sözi bilan birga kelajakdagi hamkorlikka işora ham bor. Trampning munosabati şundan dalolat beradiki, AQŞ rahbariyati Özbekiston bilan uzoq muddatli, barqaror şeriklikdan manfaatdor.
Davlat rahbarlari muloqoti faqat ikki hukumat yoki elita örtasidagi aloqa emas. U orqali xalqlar ham yaqinlaşa boradi. Mirziyoyev va Tramp suhbatlarida ikki davlat fuqarolari uçun amaliy foyda keltiradigan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Umuman olganda, ikki yetakçi örtasidagi samimiy munosabatlar strategik hamkorlikka yanada kuç qöşmoqda. Agar muloqotlar sovuq rasmiylik bilan ötganida, kelişuvlar ham bunday keng qamrovli bölmasdi. Samimiyat esa har qanday munosabatning eng işonçli poydevori hisoblanadi.
Şu bois aytiş mumkinki, bugun Özbekiston va AQŞ munosabatlari strategik şeriklikdan döstona ittifoqçilik bosqiçiga kötarilib bormoqda. Çunki ikki davlat yetakçilari muloqotidagi samimiylik xalqlar örtasidagi yaqinlikka aylanmoqda.
Bilamizki, BMT Boş Assambleyasi bu dunyodagi eng nufuzli siyosiy minbardir. U yerda yangragan har bir söz, har bir çaqiriq xalqaro jamoatçilik tomonidan diqqat bilan kuzatiladi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning BMT 80-yubiley sessiyadagi nutqi ana şunday ahamiyatli tarixiy çiqişlardan biri böldi.
Alohida qayd etiş kerakki, Prezidentimizning bu nutqi Özbekiston taşqi siyosiy strategiyasining barça yönalişlarini qamrab olgan kompleks dastur sifatida namoyon böldi.
Men uşbu nutqni tinglar ekanman, bir narsani yana bir bor angladim: bugungi Özbekiston faqat özining milliy manfaatlarinigina emas, balki butun jahon hamjamiyatining dolzarb muammolarini hal etişda ham faol iştirok etmoqda.
Prezident nutqida, eng avvalo, tinçlik masalasiga qayta-qayta töxtalib ötildi. Jahondagi köplab nizolar, qurolli töqnaşuvlar va geosiyosiy qarama-qarşiliklar fonida bu çaqiriqning ahamiyati beqiyos. Biz dunyoda tinçlik-osoyiştalikni ta’minlaş uçun oçiq muloqot va hamkorlikdan boşqa yöl körmaymiz, degan fikr zamirida butun dunyo davlatlariga qaratilgan samimiy da’vat yotibdi.
Prezidentimiz nutqida iqlim özgarişi, oziq-ovqat xavfsizligi, energiya taqçilligi kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu muammolarning har biri insoniyat taqdiri bilan boğliq. Ayniqsa, “yaşil iqtisodiyot” ğoyasini ilgari suriş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş borasidagi çaqiriqlar nafaqat yurtimiz uçun, balki butun dunyo uçun dolzarb ahamiyatga ega.
Şu bilan birga, nutqda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, kambağallik darajasini qisqartiriş, ta’lim va ilm-fanga ustuvor ahamiyat beriş, gender tenglik va soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş kabi masalalarga ham alohida urğu berib ötildi. Bu esa Yangi Özbekistonning global maydonda ham adolatli va taraqqiyparvar davlat sifatida yuksalib borayotganidan dalolatdir.
Mintaqaviy hamjihatlikka oid fikrlar, ya’ni Markaziy Osiyoni yaqin qöşniçilik va şeriklik makoni sifatida şakllantiriş ğoyasi alohida e’tiborga molik. Çunki bu yölda sönggi yillarda qölga kiritilgan natijalar haqiqatan ham tarixiy ahamiyatga ega. Yopiq çegaralar davri tarixda qolgani, savdo va investitsiyalar hajmi bir neça barobarga ösgani, qöşma loyihalarning köpayişi bu xalqlarimizning kelajak farovonligi uçun xizmat qiladigan amaliy natijalardir.
Şuningdek, nutqda Afğonistonda barqarorlikni ta’minlaş, Falastin-Isroil muammosini “ikki xalq – ikki davlat” tamoyili asosida hal etiş, Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yöllar bilan tartibga soliş kabi taşabbuslar Özbekiston taşqi siyosatining muvozanatli va tinçlikparvar yönalişini namoyon etdi.
Prezidentimiz tomonidan iqlim özgarişi va suv resurslari taqçilligiga oid bildirilgan takliflar esa faqat mamlakatimiz uçun emas, balki butun jahon hamjamiyati uçun hayotiy ahamiyatga ega. Xususan, Orolböyida amalga oşirilayotgan işlar, “yaşil makon” dasturi, suv inqirozini hal qiliş uçun global forum taşkil etiş taşabbusi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridir.
Aytiş mumkinki, Prezidentimiz nutqi nafaqat davlat rahbarining pozitsiyasi, balki butun xalqimizning adolat, tinçlik va taraqqiyot yölidagi umumiy irodasini ifoda etdi. Bugungi kunda Yangi Özbekistonning taşqi siyosatdagi oçiqlik va pragmatizm tamoyillari xalq diplomatiyasi, parlament faoliyati va jamoatçilik muloqotida ham öz ifodasini topişi zarur.
Umuman olganda BMT minbaridan sözlangan nutq bugungi mamlakatimiz taşqi siyosiy kursining uyğunligini körsatadi. Bir tarafdan, mamlakat global masalalarda mas’uliyatli iştirokçi sifatida körinayotgan bölsa, ikkinçi tarafdan, ikki tomonlama munosabatlarda amaliy natijalarga erişmoqda. Prezidentimiz BMT minbaridan nafaqat davlat rahbari sifatida, balki xalqimizning haqqoniy va adolatli ovozi sifatida nutq sözladi. Uning sözlari — tinçlikka, hamkorlikka va insonparvarlikka da’vatdir.
Uşbu nutqni tinglar ekanman, yuragimda ikki xil tuyğu uyğondi: faxr! Çunki Prezidentimizning fikrlari xalqaro hamjamiyat oldida Özbekistonning obro‘-e’tiborini yanada oşirdi. Ikkinçisi esa mas’uliyat! Çunki aytib ötilgan har bir taşabbus, har bir çorlov biz deputatlar, siyosiy partiyalar, jamiyat vakillari zimmasiga ham yangi vazifalar yuklaydi.
Biz uşbu kuzatuvlarimiz doirasida Özbekiston – AQŞ munosabatlarining turli qirralarini imkon qadar tahlil qilişga harakat qildik. Siyosiy muloqotlar, iqtisodiy kelişuvlar, biznes vakillari bilan uçraşuvlar, Prezidentlar muloqotidagi samimiylik, ijtimoiy tarmoqdagi fikrlar va albatta, BMT minbaridan yangragan nutq. Bu jarayonlarni bir-biriga boğlab tahlil etsak, bir muhim haqiqat közga taşlanadi: yana bir bor ta’kidlaymiz – Özbekiston taşqi siyosatining markazida xalq manfaati turibdi!
Demak, xulosa şuki, Özbekiston – AQŞ munosabatlari bugun yangi strategik bosqiçga kötarildi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Nyu-York şahriga taşrifi doirasida olib borilgan siyosiy muloqotlar, AQŞ biznes vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvlari va BMTning yuksak minbaridan yangragan ğoyalari – buning yorqin isbotidir.
Men, ÖzLiDeP fraksiyasi vakili sifatida, quyidagi xulosalarni aytişni zarur deb bilaman:
Birinçidan, AQŞ bilan oliy darajadagi siyosiy muloqotlarda kuzatilayotgan samimiylik va işonç ruhi mamlakatimiz taşqi siyosatining oçiq va pragmatik yönalişini tasdiqlaydi. Bu muloqotlar nafaqat hukumatlar, balki xalqlar örtasida ham özaro işonçni mustahkamlaydi.
Ikkinçidan, biznes vakillari bilan erişilgan kelişuvlar ortida faqat moliyaviy manfaat emas, balki yuz minglab yangi iş örinlari, yuqori texnologiyalarni jalb etiş va iqtisodiy ösiş turibdi.
Uçinçidan, AQŞ Prezidenti Donald Trampning Truth Social tarmoğidagi samimiy posti Özbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori ortib borayotganidan dalolatdir.
Törtinçidan, Prezidentimizning BMT Boş Assambleyasidagi nutqi nafaqat milliy, balki global ahamiyatga ega. Unda jahon miqyosida tinçlik, hamkorlik, “yaşil iqtisodiyot”, yoşlar va inson huquqlari kabi ustuvor masalalarga aniq taklif va taşabbuslar ilgari surildi.
Yangi Özbekistonning asosiy maqsadi xalq manfaatini ta’minlaş. Prezidentimiz olib borayotgan siyosiy muloqotlar, iqtisodiy kelişuvlar va xalqaro taşabbuslar aynan şu maqsadga xizmat qilmoqda.
Şu bois biz, ÖzLiDeP fraksiyasi vakillari bu jarayonlarni qöllab-quvvatlaymiz va ularni yurtimiz taraqqiyotining yangi sahifasi sifatida tarixga kirişiga işonamiz.
Nodir JUMAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi
Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi raisi,
ÖzLiDeP fraksiyasi a’zosi